Bugʻ bilan isitish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bug‘ bilan isitishdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Bugʻ bilan isitish — issiklik eltuvchi sifatida suv bugʻidan foydalaniladigan isitish tizimi. Suv bugʻi binolarga oʻrnatilgan isitish asboblariga quvurlarda keltiriladi. Bugʻ bilan isitish i. tizimlarida bugʻ isitish asboblarida kondensatsiyalanayotganda uning issiqlik ajratish xossasidan foydalaniladi; hosil boʻlgan kondensat quvurlarda markazlashgan issiklik bilan taʼminlash tarmogʻiga yoki isitiladigan binodagi bugʻ qozoniga qaytadi. Bugʻ bilan isitish i .da ishlatilgan (mas, bugʻ mashinalari, turbinalari va boshqalardan chiqqan) bugʻdan ham foydalanish mumkin. Bunday tizim xonadonlarni isitishda deyarli qoʻllanilmaydi, u asosan sanoat binolarini isitish uchun moʻljallangan (yana qarang Isitish).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Bugʻ bilan isitish" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil