Lazar Budagov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Budagov Lazar Zaxarovichdan yoʻnaltirildi)

Budagov Lazar Zaxarovich (1812.12.4, Astraxon 1878.30.12, SanktPeterburg) — turkiyshunos, Qozon universiteti falsafa fakultetining sharq tillari boʻlimini tamomlagan (1840). Tiflis gimnaziyasi (1840—44), SanktPeterburg universiteti (1845—70)da ishlagan. Turk va ozarbayjon tillari boʻyicha qoʻllanmalar yaratgan. Ikki jildli "Turkiy tillar qiyosiy lugʻati"ni (1869, 1871) tuzishda sharq tillari, turkiychayevropacha lugʻatlar, Navoiy, Bobur asarlaridan foydalangan. Lugʻat 1960-yilda qayta nashr qilingan.