Brunswick Pro Bowling

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Brunswick Pro Bowling
Ishlab chiqaruvchi Point of View, Inc.
(Wii, PS2, PSP)
FarSight Studios
(PS3, Xbox 360)
Nashir etuvchi Crave Entertainment
Chiqarilgan sana 2007-yil 28-avgust
Janr sport simulator
Platformalar Wii
PlayStation 2
PlayStation Portable
iOS
PlayStation 3
Xbox 360
Nintendo 3DS
Boshqaruv Gamepad, PlayStation Move, Kinect


Brunswick Pro Bowling — Point of View, Inc tomonidan ishlab chiqilgan bouling simulyatsiyasi videooʻyini. Va Crave Entertainment tomonidan nashr etilgan. Oʻyin koʻplab Brunswick mahsulotlarini oʻz ichiga oladi, masalan, bouling toʻplari. Oʻyin 2007-yil 28-avgustda Wii, PlayStation 2 va PlayStation Portable platformalari uchun chiqarilgan. iOS versiyasi 2009-yil oktabr oyida chiqarilgan. FarSight Studios oʻyinning PlayStation 3[1] va Xbox 360[2] versiyalarini ham ishlab chiqdi, bunda PlayStation Move[3] va Kinect qoʻllab-quvvatlanadi. Nintendo 3DS uchun versiya ham eʼlon qilindi.

Oʻyin jarayoni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Karyera rejimida oʻyinchilar havaskordan professional boullerga oʻtishlari kerak, koʻp oʻyinchi rejimida toʻrtta oʻyinchi bilan raqobatlashish imkoniyati mavjud. PSP versiyasi simsiz onlayn rejim va personajni sozlash qoʻshimchalarini ham oʻz ichiga oladi. Wii versiyasi haqiqiy qoʻl silkitishini taqlid qilish uchun sensordan foydalanadi.

Tanqid[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻyin turli xil baholarni oldi. Aksariyat tanqidchilar oʻyinning real fizikasini maqtashdi, boshqalari Wii versiyasini boshqaruvdagi kamchiliklar uchun tanqid qilishdi. Wii versiyasi Metacritic -dan 52 % ball bilan aralash sharhlarni oldi, PS3 versiyasi 47 % ball bilan tanqidchilar tomonidan yomon qabul qilindi. IGN PlayStation 3 oʻyinini 4.0 baholab, „Move-dan juda nooʻrin foydalanadigan yomon tuzilgan oʻyin“ deb baholadi[4]. Wii versiyasi GameSpot tomonidan 6.0 ball bilan baholandi va bu oʻyin faqat professional boulingning katta muxlislariga maʼqul kelishini aytdi[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Bobby King. „PlayStation Move Developer Diary: Brunswick Pro Bowling“. PlayStation Blog (2010-yil 26-aprel). 2012-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 1-may.
  2. „ʻBrunswick Pro Bowling’ Getting Natal Support » MTV Multiplayer“. 2010-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-iyul.
  3. Dan Massi. „Some titles for Playstation Move“. PlayStation.com (2010-yil 9-mart). 2012-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 11-mart.
  4. „Brunswick Pro Bowling Critic Reviews for PlayStation 3 at Metacritic.com“. Metacritic. 2012-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-iyul.
  5. „Brunswick Pro Bowling Critic Reviews for Wii at Metacritic.com“. Metacritic. 2012-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-iyul.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Brunswick Pro Bowling na sayte Absolute Games
  • Brunswick Pro Bowling na sayte „Igromanii“
  • Brunswick Pro Bowling na sayte IGN