Bruneydagi dinlar

Bruneyda dinlar orasida sunniy islom ustunlik qiladi. 2021-yildagi hukumat roʻyxatiga koʻra, mamlakat aholisining 82,1 foizi musulmonlardan iborat.
Shu bilan birga, boshqa dinlar ham Bruneyda muayyan mavqega ega: aholining 6,7 foizi xristian, 6,3 foizi esa buddistdir. Qolgan 4,9 foiz aholi turli dinlarga, jumladan mahalliy (anʼanaviy) eʼtiqodlarga mansub[1].
Islom Bruneyning davlat dini hisoblanadi. Din erkinligi va diniy marosimlarni shaxsiy ravishda amalga oshirish huquqi rasmiy ravishda kafolatlangan. Shuningdek, Oy taqvimi Yangi yili, Rojdestvo, Vesak kuni va Gawai Dayak kabi ayrim noislomiy bayramlar ham tan olingan.
Biroq amaliyotda ushbu huquqlar cheklangan. Diniy taʼlim tizimi, hatto xitoy, xristian va xususiy maktablarda ham, davlat nazorati ostidadir. Bruneyning jinoyat kodeksi musulmonlar yoki dinsiz shaxslar orasida islomdan boshqa dinlarni targʻib qilishni, diniy eʼtiqodni oʻzgartirishga daʼvat etishni, musulmon bolalarni boshqa dinlar bilan tanishtirishni yoki islomiy hokimiyatga qarshi chiqishni jinoyat deb belgilaydi. Shuningdek, bunday harakatlarga koʻmaklashgan shaxslar ham jazolanadi.
Ushbu qoidalar musulmon boʻlmaganlar va dinsiz shaxslarning mavqeini cheklaydi hamda ularning diniy erkinligini xalqaro inson huquqlari meʼyorlariga zid ravishda jiddiy darajada qisqartiradi[2]. Musulmon boʻlmagan shaxslar boshqa dinni qabul qilishni istasa, ular kamida 14 yosh 7 oylik boʻlishi shart. Voyaga yetmagan shaxs esa ota-onasi islomni qabul qilgan taqdirda avtomatik ravishda musulmon deb hisoblanadi[3].
| Islom dini | Xristian dini | Buddizm dini | Boshqa dinlar | Jami: | ||
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1981-yilgi aholi roʻyxati | Raqamda | 122,269 | 18,767 | 27,063 | 24,733 | 192,832 |
| Foizda | 63,4% |
9,7% |
14,1% |
12,8% |
100% | |
| 1991-yilgi aholi roʻyxati | Raqamda | 174,973 | 25,994 | 33,387 | 26,128 | 260,482 |
| Foizda | 67,2% |
10% |
12,8% |
10% |
100% | |
| 2001-yilgi aholi roʻyxati | Raqamda | 249,822 | 31,291 | 28,480 | 23,251 | 332,844 |
| Foizda | 75% |
9,4% |
8,6% |
7% |
100% | |
| 2011-yilgi aholi roʻyxati | Raqamda | 309,962 | 34,176 | 30,814 | 18,420 | 393,272 |
| Foizda | 78,8% |
8,7% |
7,8% |
4,7% |
100% | |
| 2016-yilgi aholi roʻyxati | Raqamda | 337,391 | 29,510 | 29,495 | 20,860 | 417,256 |
| Foizda | 80,9% |
7,1% |
7% |
5% |
100% | |
| 2021-yilgi aholi roʻyxati | Raqamda | 362,035 | 29,462 | 27,745 | 21,473 | 440,715 |
| Foizda | 82,1% |
6,7% |
6,3% |
4,9% |
100% | |
| Millat | Islom | Buddizm | Xristian | Xalq dini / Boshqalar |
|---|---|---|---|---|
| Malayziyalik | 100% |
(Bruney qonunlariga koʻra, barcha malaylar musulmon hisoblanadi). | ||
| Xitoylik | 14% |
65% |
20% |
1% |
| Mahalliy qabilalar | 50% |
Qoʻllanilmaydi | 15% |
35% |
| Fuqaroligi boʻlmaganlar | 50% |
15% |
33% |
2% |
| Jami: | 78,8% |
7,8% |
8,7% |
4,7% |
Islom dini
[tahrir | manbasini tahrirlash]Islom Bruneyning rasmiy dini hisoblanadi va aholining 82,70 foizi musulmonlardan iborat. 2021-yil holatiga koʻra, mamlakatda 362 035 nafar sunniy musulmon mavjud boʻlgan, shundan 190 314 nafari erkaklar, 171 721 nafari ayollar.
2023-yilda Bruney–Muara tumanida 193 kishi, Belait tumanida 78 kishi, Tutong tumanida 112 kishi va Temburong tumanida 15 kishi islom dinini qabul qilgan.
Islom 1954-yilda mamlakatning rasmiy dini sifatida eʼlon qilingandan buyon islomni qabul qilgan bruneyliklar soni ortib borgan. 2004-yilga kelib 16 000 dan ortiq bruneylik islomni qabul qilgani qayd etilgan. 2009–2020-yillar oraligʻida esa Bruneyda 5 884 nafar shaxs islom dinini qabul qilgan.
Boshqa dinlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xristianlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Yil | Aholi | ±% |
|---|---|---|
| 1981 | 18 767 | — |
| 1991 | 25 994 | +38.5% |
| 2001 | 31 291 | +20.4% |
| 2011 | 34 176 | +9.2% |
| 2016 | 29 510 | −13.7% |
| Manba: Bruney statistika departamenti [5] | ||
2022-yil holatiga koʻra, Bruneyda nasroniylik aholining taxminan 8,7 foizi amal qiladigan ikkinchi yirik din hisoblanadi[6]. Boshqa maʼlumotlarga koʻra, bu raqam 12% gacha boʻlishi mumkin[7].
Buddizm
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Yil | Aholi | ±% |
|---|---|---|
| 1971 | 18,373 | — |
| 1981 | 27,063 | +47.3% |
| 1991 | 33,387 | +23.4% |
| 2001 | 28,48 | −14.7% |
| 2011 | 30,814 | +8.2% |
| 2016 | 29,495 | −4.3% |
| Manba: Bruney statistika departamenti [8] | ||
Buddizm Bruneydagi uchinchi yirik din boʻlib, davlat dini boʻlmish islom va ikkinchi oʻrinda nasroniylikdan keyin turadi[3]„Religions in Brunei | PEW-GRF“. www.globalreligiousfutures.org. 2019-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-iyun.</ref>. Hisob-kitoblarda sonlar turlicha, ammo baʼzi maʼlumotlarga koʻra, Bruneydagi buddistlar soni 30 000 atrofida[3] va Bruneydagi buddistlarning soniumumiy aholining 7-8% atrofida tashkil qiladi[3][9][10]. Bruneyning 2016-yilgi rasmiy maʼlumotlariga koʻra, aholining 7% (29 495) buddizmga eʼtiqod qiladi[10].
Hinduizm
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bruneydagi hindu jamoasining deyarli barchasi hind millatiga mansub shaxslardan iborat. Ularning umumiy soni taxminan bir necha ming kishini tashkil etadi. Mamlakatda ikki ta hindu ibodatxonasi mavjud.
2001-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, hindulardan 124 nafari Bruney fuqarosi, 91 nafari esa doimiy yashash huquqiga ega shaxslar boʻlgan. Qolganlari esa fuqarolikka ega boʻlmagan shaxslardir[11].
Hinduizm Bruneydagi etnik tamillarning ozchilik qismi tomonidan eʼtiqod qilinadi[12]. Ular asosan Bruneyda faoliyat yuritayotgan shifokorlar, muhandislar hamda taʼlim sohasida – maktab, universitet va kollej darajasida professor-oʻqituvchilar va ilmiy xodimlar sifatida ishlovchi shaxslardan iborat[13]. Bruneyning Hindu Welfare Board – 50 yillik tarixga ega hindu diniy tashkilot boʻlib, uning aʼzolari soni taxminan 3 000 kishini tashkil etadi. Mamlakatda ikki ta kichik hindu ibodatxonasi mavjud[14][15].
Ibodatxona Bruneyning Seria shahridagi Gurkha polklarining hududida joylashgan. Ushbu hindu ibodatxonasi mahalliy hindu va buddist jamoalar tomonidan duo va ibodat maqsadida ziyorat qilinadi[16][17].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ US State Dept 2022 report
- ↑ „Brunei's Pernicious New Penal Code | Human Rights Watch“ (en) (2019-yil 22-may). Qaraldi: 2025-yil 1-iyul.
- 1 2 3 4 5 „Brunei“ (en-US). United States Department of State 2019 report. Qaraldi: 2020-yil 5-dekabr.
- ↑ „Population by Religion, Sex and Census Year“. 2021-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 24-fevral.
- ↑ „Population by Religion, Sex and Census Year“. 2021-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 24-fevral.
- ↑ US State Dept 2022 report
- ↑ Open Doors website, Retrieved 2023-08-01
- ↑ „Archived copy“. 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-oktyabr.
- ↑ „CIA FactBook - Brunei“. 2015-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-yanvar.
- 1 2 „"Population by Religion, Sex and Census Year"“. www.deps.gov.bn. 2021-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-mart.
- ↑ „IRF 2006 Report“.
- ↑ Orr, Tamra. Brunei (en). Marshall Cavendish, 2009-01-01. ISBN 9780761431213.
- ↑ "India sees prospects for work in Brunei’s education sector (Wayback Machine saytida 2012-01-02 sanasida arxivlangan)", The Brunei Times, 12 October 2011.
- ↑ "Religious Life and Institutions in Brunei", ISIM Newsletter, 27 September 2010.
- ↑ „BSBIA hosts cultural gathering to mark Indian Independence Day – Borneo Bulletin Online“. borneobulletin.com.bn. 2017-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Vedic Sanatana Dharma (Hinduism) - वैदिकः सनातनो धर्मः“. Facebook.
- ↑ „Population and Housing Census Update Final Report 2016“. www.deps.gov.bn. Statistics Department (2018-yil dekabr). 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-iyun.