Brukit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Brukit [ing . mineralogi G. J. Bruk (1771—1857) nomidan] — sodda oksidlar kenja sinfiga mansub mineral, TiO2 ning uchta tabiiy polimorf modifikatsiyasidan biri. Baʼzan tarkibida temir va niobiy qoʻshimchasi boʻladi. TiO6 ning oktaedr guruhidan tuzilgan, umumiy bogʻlam bilan tutashgan varaqsimon hamda prizma shaklida. Romb sistemada kristallanadi. Rangi sargʻishqoʻngʻirdan qizgʻish koʻngʻirgacha. Olmos kabi yoki metallsimon yaltiraydi. Qattikligi 6—6,5; s ogʻ. 3,9—4. Kristallari oltin sochmalarida va alp tipidagi yertomirlarda, gidrotermal metamorfik jinslarda, baʼzan pegmatitlarda uchraydi. 700° gacha qizdirilganda rutilga aylanadi. RF (Ural), Shveysariya, Fransiya, Avstriya, AQSH va boshqa joylarda konlari bor. Oʻzbekistonda Chatqol—Kurama togʻlaridagi oʻzgargan granitoidlarda topilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil