Bruder

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bruder (ing. brood — tuxum bosish) — inkubatoriya ochirilgan joʻjalarni dastlabki kunlarda issiq saqlovchi maxsus qurilma. Piramida shaklidagi zontdan iborat boʻlib, ichiga qizdirgich joylashtiriladi. Kuchma, muqim (statsionar) va batereyali xillari bor.

Kerosin, kumir, gaz yoki elektr toki bilan isitiladi. B.dagi haroratni maxsus vint yerdamida oʻzgartirib turish mumkin. Gaz B.da havo gorelka alangasi yoki uning keramik nurlatgichi yerdamida isitilib, termorostlagich yerdamida rostlanadi. Har bir elektr yoki gaz B. ostiga 500 gacha joʻjani joylashtirish mumkin. B. ostida tovuqjoʻjalari kechalari 28—29°, kurka joʻjalari 29—ZG, oʻrdak va gʻoz joʻjalari 27—28° issiqlikda saqlanadi. Kunduz kunlari haroratni 3—4° pasaytirish mumkin. Yosh joʻjalar oddiy pechka yerdamida va markaziy suv isitish quvurlarini tovuqxona orqali oʻtkazish yoʻli bilan ham isitiladi. Parrandachilik fkalarida batareyali B.dan foydalaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil