Brother Rabbit, His Friends and Enemies

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Brother Rabbit, His Friends and Enemies

Birodar Quyon (1904-yil chizilgan rasm)
Til inglizcha
Janr(lar)i ertaklar
Nashriyot „Uchpedgiz“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1953
Sahifalar soni 216

„Brother Rabbit, His Friends and Enemies“ („Birodar Quyon, uning doʻstlari va dushmanlari“) — AQSh qoratanlilari xalq ertaklarini oʻzida jamlagan toʻplam. Toʻplamni Lev Xvostenko tuzgan. Asar Sovet Ittifoqi maktablarida ingliz tilini oʻrganayotgan maktab oʻquvchilari uchun moʻljallangan. Toʻplam ilk bor 1953-yil Moskva hamda Leningrad shaharlarida „Uchpedgiz“ nashriyotida chop etilgan.[1] Bir necha marta, jumladan, 1955-[2], 1960-[3] hamda 1969-[4] yillarda qayta nashr etilgan.

Asar bosh qahramoni Birodar Quyon (inglizcha: Br'er Rabbit; toʻplamda Brother Rabbit deb berilgan) AQShning janubiy shtatlarida istiqomat qiluvchi qoratanlilar xalq ertaklari qahramonidir. Bu obraz ilk bor 19-asrda yuzaga kelgan. Birodar Quyon kuch emas, aql ishlatib muvaffaqiyat qozonadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Birodar Quyon, uning doʻstlari va dushmanlari“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 24-noyabr.
  2. „Birodar Quyon, uning doʻstlari va dushmanlari“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 24-noyabr.
  3. „Birodar Quyon, uning doʻstlari va dushmanlari“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 24-noyabr.
  4. „Birodar Quyon, uning doʻstlari va dushmanlari“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 24-noyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]