Brokkelman Karl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BROKKELMAN (Brokelman) (Brockelmann) Karl (1868.17.9— 1956.6.5) — nemis sharqshunosi, somiy va turkiy tillar mutaxassisi. 1900 yildan Breslau, Kenigsberg , Galle, Berlin untlari prof. Sharq tarixi, arab adabiyoti tarixi, somiyshunoslik boʻyicha ilmiy asarlar yozgan. "Somiy tillar qiyosiy grammatikasi ocherki" (2 jild, 1908—13) va "Arab adabiyoti tarixi" (2 asosiy jild, 1898—1902 va 3 qoʻshimcha jild, 1937—42) uning eng muhim asarlari boʻlib, I. Yu. Krachkovskiy ularga yuksak baho bergan. B. "Arab adabiyoti tarixi" kitobiga arab boʻlmagan yozuvchi va olimlar (mas, Ibn Sino, Beruniy va boshqalar) ning arab tilida bitgan asarlarini ham kiritib, ular xususida biografik maʼlumotlar keltirgan. Uning "Musulmon xalqlar va davlatlar tarixi" (1939) asari ham dalillarga boy. B. Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarini nemischaga tarjima qilgan (1928).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil