Brittney Griner

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Brittney Griner

Grinerning «Phoenix Mercury»da oʻynayotgan payti, 2019-yil
№. 42 – Phoenix Mercury
Pozitsiyasi Markazda
Liga AMBA
Shaxsiy maʼlumot
Tavalludi 18-oktyabr 1990-yil (1990-10-18) (33 yosh)
Xyuston, Texas, AQSh Qoʻshma Shtatlar
Boʻyi Andoza:Infobox person/height
Vazni 205 lb (93 kg)
Karyera maʼlumoti
Maktab Nimits (Xyuston, Texas)
Kollej Baylor (2009—2013)
AMBA drafti 2013 / Tur: 1 / Tanlash: 1st overall
Phoenix Mercury tomonidan tanlangan
Oʻyin karyerasi 2013-hozirgacha
Karyerasi tarixi
2013 — hozirgachaPhoenix Mercury
2013 — 2014Zhejiang Golden Bulls
2014 — 2022Yekaterinburg UTMK
Karyeradagi yorqin voqealar va mukofotlar
Statistikalar WNBA.com saytida
Statistikalar Basketball-Reference.com saytida
Medallari

Brittney Yevette Griner (talaffuzi: Brittni Ivette Greyner 1990-yil 18-oktabr Hyuston, Texas, AQSh) — amerikalik professional basketbolchi, Rossiyaning „Yekaterinburg UTKM“ klubida aʼzosii.

2012-yilda „Baylor Beers“ jamoasi tarkibida Milliy Talabalar Sporti Assotsiatsiyasi (NCAA) chempionligini qoʻlga kiritadi va ushbu basketbol turnirida eng koʻzga koʻringan oʻyinchiga aylanadi. 2014-yilda „Pheonix Mercury“ jamoasi tarkibida ayollar MBAsi chempioni boʻldi. Ayollar kolleji basketbolida uchta asosiy sovrin boʻlmish: Jeyms Neysmit mukofoti, Margaret Veyd kubogi va Jon Vuden nomidagi mukofot gʻolibi hisoblanadi.

AQSh terma jamoasi bilan 2014-yil Turkiyadagi Jahon kubogi, 2016-yilgi Rio Olimpiadasi, 2018-yil Ispaniyadagi Jahon kubogi va 2020-yilgi Tokio Olimpiadasida gʻolib chiqqan.

2022-yil fevralida Griner Rossiya bojxonachilari tomonidan qoʻlga olindi. Uning yuklari ichidan bir grammdan kam gashish moyi boʻlgan kartridjlar topiladi va u giyohvand moddalarni saqlash aybi bilan ayblanib hibsga olinadi. U WNBA mavsumlar oraligʻida Rossiya Premer-ligasida oʻynash uchun Rossiyaga kelgan edi. Unga nisbatan sud jarayoni 1-iyul kuni boshlandi va u oʻz aybini tan oldi. 4-avgustda u 9 yilga ozodlikdan mahrum etildi[1].

Yoshlik yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Brittney 1990-yil 18-oktyabrda Hyustonda (Texas shtati) Raymond va Sandra Grinerlar oilasida tugʻilgan. U toʻrt farzandning eng kichigi edi. Hyustondagi Nimits oʻrta maktabida oʻqigan hamda mahalliy basketbol jamoasida oʻynagan. 2009-yilda AQSh va Kanadaning eng yaxshi oʻrta maktab bitiruvchilari oʻrtasidagi McDonald's All-American[en] musobaqasida ishtirok etib, 20 ball va 9 ribaund toʻpladi[2]. Yil soʻngida „USA Today“ talqiniga koʻra, AQShdagi oʻrta maktab oʻquvchilari orasida yilning eng yaxshi ayol basketbolchisi deb topildi.

Hyuston shahar meri Bill Uayt 2009-yil 7-mayni Britni Griner kuni deb eʼlon qildi. 2008-yil 11-noyabrda „Hyuston Elif Xastings“ jamoasiga qarshi oʻyinda Greyner 25 ta blok-shotni oʻz hisobiga yozdirib qoʻydi va bitta oʻyinda eng koʻp amalga oshirilgan blok-shotlar boʻyicha rekord oʻrnatdi. Umuman olganda, 2008/2009-yilgi mavsumda Greyner 318 ta blok-shotni amalga oshirib, bir mavsumda oʻrta maktab oʻyinchisi tomonidan eng koʻp blokirovka qilish boʻyicha rekord oʻrnatdi[3].

Talabalik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Greiner Baylor universitetida oʻqigan. U yerda toʻrt yil davomida universitetning „Baylor Lady Beers“ jamoasida oʻynagan. Uning murabbiyi Kim Mulkey edi. „Ledi Beers“ oʻyinchisi sifatida faoliyatining ilk yilida Brittni 223 blok-shotni amalga oshirib, bir mavsumda eng koʻp blok-shotlar boʻyicha rekord oʻrnatdi va ayollar kolleji basketboli tarixidagi eng katta blokerlardan biriga aylandi[4]. 2009-yil 16-dekabrda „Oral Roberts Golden Eagles“ jamoasiga qarshi 101:76 hisobida gʻalaba qozonib, „Baylor“ tarixida 34 ochko, 13 ribaund va Big 12 konferensiyada ayollar oʻrtasidagi 11 blok-shot va 3ta dankadan iborat rekordni hamda „Baylor“ tarixidagi birinchi tripl-dablni qayd etdi[5]. Greyner ayollar kolleji basketboli tarixida dank qilgan yettinchi oʻyinchi boʻldi va Kendis Parkerdan keyin bitta oʻyinda bir nechta yuqoridan irgʻitishni amalga oshirgan ikkinchi basketbolchi boʻldi. 2010-yil 2-yanvarda Brittni oʻz karerasida ikkinchi marotaba uchta dankni amalga oshirdi. Bu voqea Texas shtat universitetiga[6] qarshi oʻyinda (99-18 hisobida) sodir boʻldi.

2010-yil 3-mart kuni Greiner va „Texas Tech Lady Raiders“ basketbolchisi Jordan Barnkasl yon chiziq yaqinidagi pozitsiya uchun kurash olib borishdi. Jordan Barnkasl qoidalarni buzganligi sababli, Brittni ikki qadam oldinga oʻtib, aylangan holatda oʻng qoʻli bilan aylanaga toʻpni uloqtirdi, shu bilan bir vaqtda raqibining yuziga urib yuborib, uning burnini sindiradi. Ushbu hodisa tufayli Greyner vaqtinchalik oʻyindan chetlashtirildi. „Lady Beers“ bosh murabbiyi Kim Mulkey keyingi ikki oʻyinda uning xizmatidan foydalana olmadi, chunki Greyner NCAA qoidalari[7][8] boʻyicha „vaqtinchalik diskvalifikatsiya“ qilingan edi.

„Lady Beers“ Big 12 konferensiyasida oltinchi oʻrin bilan NCAA turniriga yoʻl oldi (inglizcha: Sweet Sixteen). Bunda ular nimchorak finalda „Tennessee Lady Volanteers“ni yengishadi. 2010-yil 22-martda, 1/16-bosqichda, Greiner „Jorjtaun Xoyas“ jamoasiga qarshi baxsda[9] 49-33 hisobida gʻalaba qozonib, 14 blok-shot bilan NCAA turniri rekordini oʻrnatdi. Uning jamoasi chorak finalda (inglizcha: Elite Eight) „Baylor Duke Blue Devils“ jamoasini 51-48 hisobida magʻlub etdi, bunda Greiner raqibning 9 ta zarbasini toʻsib qoʻydi va ularning sonini 35 taga yetkazdi va shu bilan NCAA ayollar turniri rekordini oʻrnatdi. 30 ta blokirovka qilingan zarbalar boʻyicha avvalgi rekord koʻk iblislar basketbolchisi Alison Balesga tegishli. Bales 2006-yilgi turnirda ushbu natijani qayd etgan.

Qamalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 17-fevralda sportchi Nyu-Yorkdan Moskvaga uchib keladi. Sheremetyevo aeroportida uning buyumlari tekshirilayotganda xizmat itining bezovtalanadi va sportchi hibsga olinadi. Buyumlar tarkibida gashish yog‘i (konsentrlangan koʻknori mahsuloti) bo‘lgan elektron sigaretalar borligi aniqlangan, ularning Rossiyada muomalasi taqiqlangan edi[10]. Moddaning massasi 0,702 gramm edi[11]. AQSh Kongressi Vakillar Palatasi aʼzosi Sheila Jackson Lee basketbolchi Rossiyaga mehmon sifatida kelgani bois, uni ozod qilishni talab qilishini aytadi[12].

Grinerga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi muddati tergov talabiga binoan sud tomonidan bir necha marta uzaytirilgan[13].

2022-yil 4-avgustda Ximki shahar sudi Grinerni aybdor deb topdi va uni 9 yillik koloniyaga hukm qildi hamda 1 million rubl miqdorida jarimaga tortdi. Sudda Griner oʻzida topilgan tibbiy marixuana boʻlgan patronlarni olib kelish niyatida emasligini aytdi. U Qoʻshma Shtatlarda shifokorlarning ruxsati bilananalgetik oʻrniga marixuanani ishlatganini tushuntirdi va bu Qoʻshma Shtatlarda (shu jumladan sportchilar orasida) keng tarqalgan amaliyot ekanligini taʼkidladi[14].

2022-yil 25-oktyabrda Moskva viloyat sudi hukmni tasdiqladi[15], shundan so‘ng Brittney Griner Rossiya Federal Jazoni ijro etish xizmatining Moskva viloyatidagi Dmitrovskiy tumani, Novoye Grishino qishlog‘ida joylashgan 1-sonli axloq tuzatish koloniyasiga joylashtirildi.

Shu munosabat bilan AQSh prezidenti Jo Bayden bu hukmni qabul qilib bo‘lmasligini, sportchining Rossiyada asossiz ravishda hibsda saqlanayotganini va bu haqda dunyoda hamma bilishini aytdi. U Rossiyani Greynerni zudlik bilan ozod qilishga chaqirdi[16].

Griner diplomatik garov sifatida soxta ayblovlar bilan hibsga olingan degan fikr mavjud boʻlgan[17][18]. TASS xabariga ko‘ra, Rossiya hukumati Grinerni AQShda qurol kontrabandasi uchun 25 yilga hukm qilingan rossiyalik Viktor Butga almashtirishni maqsad qilgan[19].

AQSh hukumati vakili admiral Jon Kirbining so‘zlariga ko‘ra, Griner hibsga olinganidan ko‘p o‘tmay, almashinuv taklifi AQSh tomonidan kiritilgan. Reuters axborot agentligining yozishicha, ayirboshlashdagi toʻsiq boʻlayotgan sabab Moskvaning Germaniyada Zelimxon Xanqoshvilini oʻldirganlikda ayblanib qamoqda jazo oʻtayotgan rossiyalik razvedka agenti Vadim Krasikovni ham ushbu ayirboshlash roʻyxatiga kiritishni maqsad qilgandir[20].

Almashtirilish[tahrir | manbasini tahrirlash]

AQSH va Rossiya oʻrtasida maxbuslarni oʻzaro almashinish doirasida, 2022-yil 8-dekabrda Brittney Griner qurol kontrabandasida ayblanib, Amerika qamoqxonasida jazoni o‘tayotgan Viktor But bilan almashish natijasida Rossiya qamoqxonasidan ozod qilindi[21][22]. OAV xabarlariga koʻra, ikkala sobiq mahbus ham almashinuvdan oldin afv etilgan va jazoni oʻz mamlakatlarida oʻtashni davom ettirmaslikka kelishilgan[23].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://www.cnbc.com/2022/08/04/russian-court-finds-wnba-star-brittney-griner-guilty-on-drug-charges.html
  2. „WBCA High School All-America Game Box Scores“ (inglizcha). wbca.org. Women's Basketball Coaches Association. 2014-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-yanvar 2015-yil.
  3. „High School Sports Record Book“ (inglizcha). nfhs.org. National Federation of State High School Associations. 24-yanvar 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-yanvar 2015-yil.
  4. „Brittney Griner Profile“ (inglizcha). baylorbears.com. Baylor Lady Bears basketball. 2011-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-yanvar 2015-yil.
  5. „Brittney Griner has triple-double, misses 3 dunks“ (en). interbasket.net. Women's Basketball. 11-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-yanvar 2015-yil.
  6. „Brittney Griner scores 26 points as Baylor improves to 13-1“ (inglizcha). baylorbears.com. Baylor Lady Bears basketball. 2015-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-yanvar 2015-yil.
  7. „Griner punches Barncastle after foul“ (inglizcha). espn.go.com. Associated Press. 24-yanvar 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-yanvar 2015-yil.
  8. „Baylor Freshman Suspended for Punching Opponent in the Face“ (inglizcha). nytimes.com. The New York Times. 3-noyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-yanvar 2015-yil.
  9. „Georgetown makes fewer shots than Griner blocks as Baylor rolls“ (inglizcha). espn.go.com. Associated Press. 11-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-yanvar 2015-yil.
  10. „Баскетболистка сборной США задержана в России по подозрению в перевозке наркотиков - Газета.Ru | Новости“ (ru). Газета.Ru. 2022-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-mart.
  11. Яна Суринская. „Мособлсуд оставил в силе приговор американской баскетболистке Грайнер“. При этом ей пересчитали срок нахождения в СИЗО (ru). vedomosti.ru. Ведомости (2022-yil 25-oktyabr). 2022-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  12. „В США будут требовать освобождения арестованной в России баскетболистки“ (ru). Lenta.RU. 2022-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-mart.
  13. Brittney Griner: Russia extends WNBA star’s detention again (Wayback Machine saytida 2022-12-09 sanasida arxivlangan), BBC, 15.06.2022
  14. „Суд приговорил баскетболистку Грайнер к 9 годам за контрабанду наркотиков“. Интерфакс. Qaraldi: 2022-yil 4-avgust.
  15. „Мособлсуд утвердил 9-летний срок в колонии для Бриттни Грайнер за контрабанду наркотиков“ (ru). Sports.ru (2022-yil 25-oktyabr). 2022-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  16. „Байден назвал приговор Бриттни Грайнер неприемлемым“. Интерфакс. Qaraldi: 2022-yil 4-avgust.
  17. Brittney Griner case throws spotlight on hostage diplomacy, BBC, 2.08.2022
  18. США могут обменять Виктора Бута на Бриттни Грайнер и Пола Уилана, BBC, 28.07.2022
  19. Brittney Griner: How can a US basketball star just vanish? (Wayback Machine saytida 2022-12-09 sanasida arxivlangan), BBC, 14.05.2022
  20. Brittney Griner: US urges Russia to accept deal to free jailed basketball star, BBC, 5.08.2022
  21. «Ъ».. „Виктора Бута обменяли на американскую баскетболистку Грайнер“. «Коммерсантъ» (2022-yil 8-dekabr).
  22. Brittney Griner freed in prisoner swap with Russia, The New York Times, 8.12.2022
  23. „Правозащитник сообщил, что Бута и Грайнер помиловали перед обменом“. TACC. Qaraldi: 2022-yil 8-dekabr.