British skay brodkasting

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"BRITISH SKAY BRODKASTING" (BiSkayBi) (British Sky Broadcasting — BSkyB) — Yevropadagi sunʼiy yoʻldosh orqali telekoʻrsatuvlar beruvchi eng yirik xususiy kompaniyalardan biri. 1990 yilda K. R. Myordokning "Skay Televijn" (Sky Televisione) kompaniyasi bilan "British Satellayt Brodkasting" (British Satellite Broadcasting) konsorsiumi qoʻshilishi natijasida tashkil boʻlgan. Londonda joylashgan. Gʻarbiy Yevropa uchun ingliz tilida 6 kanal (ommaviy koʻngil ochar tomoshalar, komediyalar, sport koʻrsatuvlari, yangiliklar; kinofilmlar — 2 kanal) da koʻrsatuvlar beradi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil