Britaniyaning Virgin orollari
Britaniyaning Virgin orollari inglizcha: British Virgin Islands
| |
|---|---|
| Britaniyaning dengizorti hududi | |
|
Shior: "Vigilate" ("Sergak bo‘l") | |
|
Madhiya: "God Save the King" | |
|
| |
| Poytaxt | Rod-Taun |
| Rasmiy til(lar) | Ingliz tili |
| Etnik guruhlar (2010) |
• 76.9% Qora tanlilar • 5.6% Ispan-amerikaliklar • 5.4% Oq tanlilar • 5.4% Aralash • 2.1% Hindular • 4.6% boshqalar |
| Etnoxoronim(lar) | Virgin orolliklar |
| Hukumat |
Konstitutsiyaviy monarxiya ostidagi parlamentga qaram hudud |
• Monarx |
Charles III |
| Deniyel Pryus | |
| Natalio Uitli | |
• Vazir |
Stiven Douti |
| Qonun chiqaruvchi hokimiyat | Assambleya Kengashi |
| Suveren davlat ( | |
• Britaniya istilosi |
1672-yil |
• Mustaqil koloniya |
1960-yil |
• Muxtoriyat |
1967-yil |
| Maydon | |
• Butun |
153 km2 |
• Suv (%) |
1.6 |
| Aholi | |
• 2019-yilgi roʻyxat |
30,030 kishi (222-oʻrin) |
| • Zichlik | 260/km2 |
| YIM (XQT) | 2017-yil roʻyxati |
• Butun |
$500 million |
• Jon boshiga |
$34,200 |
| Pul birligi | AQSh dollari (USD) |
| Vaqt mintaqasi | UTC−04:00 |
| Sana formati | kun/oy/yil |
| Avtomobil harakati | Chapga |
| Telefon prefiksi | +1 284 |
| ISO 3166 kodi | VG |
| Internet domeni | .vg |
|
Web-sayt gov.vg | |
Virgin orollari (Inglizcha.British Virgin Islands (BVI)) — Buyuk Britaniyaning dengizorti hududi, Karib dengizining shimoli-sharqidagi Virgin orollari arxipelagining shimoliy-sharqiy qismida joylashgan.
Boshqaruv shakli
[tahrir | manbasini tahrirlash]Buyuk Britaniya mulki. 1967-yildan oʻzini oʻzi boshqarish huquqiga ega. Ijroiya kengashiga general-gubernator rahbarlik qiladi. Uni Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri tayinlaydi. Kengash bosh vazir, uch nafar vazir va bosh prokurordan iborat.
Qonunchilik organi — bor palatali Assambleya hisoblanadi. U 4 yilga saylanadigan 13 ta aʼzodan va 1 ta lavozimi boʻyicha (bosh prokuror) kiruvchi aʼzodan iborat.
Virgin orollari partiyasi, Milliy-demokratik partiya, Birlashgan partiya harakati kabi siyosiy kuchlar bor.
Boʻlinishi va aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]5 ta maʼmuriy birlikka boʻlinadi. Poytaxti Tortola orolida joylashgan Rod-Taun shahri va nufusning 90 foizi shu orolda istiqomat qiladi.
Qora tanlilar (82 foiz), oq tanlilar (6,8 foiz), hindular va mulatlar (11,2 foiz) yashaydi. 96 foizi nasroniylikka eʼtiqod qiladi.
Joylashuvi va tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Buyuk Britaniya mulki. Karib dengizi shimoli-sharqidagi Virgin orollari arxipelagida joylashgan. 36 ta orolni qamrab oladi, ularning 16 tasida insonlar yashaydi. Eng yirik orollari — Tortola (55 km²), Anegada (38 km²), Verjin-Gorda (21 km²) va Yost-Van-Deyk (8 km²). Kichik Antil orollarining eng shimoliy qismini egallaydi. Markaziy qismida esa Amerikaning Virgin orollari joylashgan. Gʻarbida esa Puerto-Rikoga tegishli orollar, sharqida Angilyaga tegishli Sombrero orollari oʻrin olgan.
Orol tepaliklardan iborat boʻlib, eng yuqori nuqtasi Tortola (530 metr).
Daryolar yoʻqligi, ichimlik suvi juda chuqurda ekanligi bois, yomgʻir rezervuarlarga toʻplanadi va tozalash qurilmalari yordamida undan foydalaniladi. Ichki tepaliklari qalin tropik oʻrmonlar bilan qoplangan, ammo namchilligi sababli koʻp hududi qattiq bargli oʻsimliklar, quruq butazorlar, kaktus va palmalar bilan qoplangan.
Iqlimi — tropik passatli. Iyul-oktyabr oylarida dovullar turadi. Yillik oʻrtacha harorati +28 daraja issiq, 1150 mm gacha yogʻin yogʻadi. Maymun, kolibri, toʻti, kemiruvchilar, dengiz qushlari uchraydi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eramizga qadar I asrda orolga aravaklar koʻchib kelgan. XV asrda jangovar karib qabilalari ular oʻrnini egalladi.
1493-yili Xristofor Kolumb Virgin orollarini ochdi. Ispaniya uni oʻz mulki deb eʼlon qildi, lekin oʻzlashtirmadi. Orolga inglizlar, gollandlar, fransuzlar, daniyaliklar va qaroqchilar koʻz tikdi. Hindu xalqlari deyarli yoʻq qilindi.
Tortola oroli 1672-yili Angliya tomonidan ishgʻol etildi. 1680-yili inglizlar Anegada va Verjin-Gordani ham zabt etishdi. Angliyaliklar shakarqamish plantatsiyalarini rivojlantira boshladi. Buning uchun Afrikadan qora tanli qullarni olib kelishdi. XVIII asrda u Britaniya mustamlakasi, deb eʼlon qilindi.
1834-yili Angliya qullikni bekor qildi. Plantatsiyalarda ishlash uchun Hindiston va Portugaliyadan yollanib ishlovchilar keltirildi. 1872-yil Shamolli orollar mustamlakasi tarkibiga kirdi. 1960-yilda alohida hudud, deb eʼlon qilindi.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Karib mintaqasida eng barqaror va gullab-yashnayotgan davlat. Har yili bu yerga 800 ming sayyoh tashrif buyurmoqda. Moliyaviy tarmoq jadal rivojlanmoqda. Tashkilotlar va jismoniy shaxslar daromad soligʻidan ozod qilingan, savdo soligʻi ham mavjud emas. Ammo tijorat kompaniyalari yillik boj toʻlaydi.
Rom ishlab chiqarish, yengil sanoat, qurilish mollari tayyorlash, shakarqamish, meva-sabzavot, chorvachilik va baliqchilik yaxshi rivojlangan va ular eksport qilinadi.
U oʻzining ofshor hududi bilan shuhrat qozongan. Hozirgi paytda bu yerda 650 ming kompaniya roʻyxatdan oʻtgan. Bu jahondagi ofshor kompaniyalarining 40 foizi demakdir. Hujjatlarni rasmiylashtirish talablarining kamligi va roʻyxatdan oʻtish narxining arzonligi mijozlarni oʻziga ohanrabodek tortmoqda. Asosiy savdo sheriklari — AQSh, Puerto-Riko, Virgin orollari (AQSh).
Karib Hamjamiyatining assotsiatsiyalashgan aʼzosi (1991).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Laziz Rahmatov. «Dunyo mamlakatlari: Avstraliyadan Hindistongacha». Toshkent, 2019-yil