Britaniyaning Markaziy Afrikadagi protektorati
| Britaniyaning Markaziy Afrikadagi protektorati inglizcha: British Central Africa Protectorate Protektorat | |||||||||
| |||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||||
| Shiori "Light in Darkness" “Zulmatdagi nur” | |||||||||
| Madhiya God Save the Queen/King | |||||||||
1897-yilgi Janubiy Afrika xaritasi. Britaniya Markaziy Afrika protektorati to‘q pushti rangda belgilangan. | |||||||||
| Poytaxti | Zomba | ||||||||
| Til(lar)i | Ingliz tili (rasmiy) Nyanja Yani Tumbuka | ||||||||
| Dini | Xristianlik Islom Bantu dinlari Tumbuka dini | ||||||||
| Pul birligi | Rodeziya funti | ||||||||
| Maydoni | 109,342 km² (1904) | ||||||||
| Boshqaruv shakli | Konstitutsiyaviy monarxiya | ||||||||
| Monarx | |||||||||
| - 1893—1901 | Viktoriya | ||||||||
| - 1901-1907 | Eduard VII | ||||||||
| Komissar | |||||||||
| - 1893-1896 (birinchi) | Garri Jonston | ||||||||
| - 1907 (oxirgi) | Frensis Barrou Pirs | ||||||||
| Tarix | |||||||||
| - 1893-yil | Tashkil topgan | ||||||||
| - 1907-yil 6-iyul | Nyasaland protektoratiga oʻzgartirilishi | ||||||||
Britaniyaning Markaziy Afrikadagi protektorati (inglizcha: British Central Africa Protectorate, qisqacha BCA) — Hozirgi Malavi hududidagi Britaniya protektorati. 1889-yilda e’lon qilingan va 1891-yilda ratifikatsiya qilingan protektorat keyinchalik, 1907-yilda Nyasalend deb qayta nomlandi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1858–1864 yillardagi Devid Livingston ekspeditsiyalaridan so‘ng, bu mintaqaga anglikan va presviterian missionerlari qiziqa boshladilar. 1876-yilda Blantayrda kichik savdo posyolkasi tashkil etildi, 1883-yilda esa u yerda Britaniya konsuli joylashdi. 1878-yilda Glazgoda African Lakes Company Limited kompaniyasi tashkil etildi, keyinchalik u African Lakes Corporation ga aylandi[1].
1879-yilda Portugaliya hukumati Ruо daryosining janubi-sharqiy hududiga rasmiy da’vo qildi, 1882-yilga kelib esa portugaliya qo‘shinlari Shir daryosining quyi vodiysi hududini egalladi. 1886-yilda portugaliyalik Aleksandr de Serpa Pintu yao qabilasi boshliqlari bilan ularning hududida protektorat o‘rnatish haqida kelishishga urindi, biroq muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugadi. 1888 yilda Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligi britan posyolkalarini portugaliyalardan himoya qilishni kafolatlashdan bosh tortdi, biroq shu bilan birga bu yerlarni portugaliyalarga tegishli deb tan olmadi. Portugaliyaliklar bu hududlarni egallab olmasligi uchun Buyuk Britaniya Genri Gamiltоn Jonstоnni yubordi. Uning vazifasi portugaliyaliklarning ta’sir doirasini aniqlash va mahalliy boshliqlar bilan ittifoqlar tuzish edi. 1889-yilda Genri Lissabonda bo‘lganida shunday kelishuv rejasini ishlab chiqdi: unga ko‘ra Buyuk Britaniya o‘z ta’sir doirasiga Nyasa ko‘lining g‘arbiy hududlarini hamda Mashonalendni oladi, biroq Shir tog‘li hududini portugaliyaliklarga beradi. Britaniya hukumati bu shartnomani ma’qul topmadi va taklif rad etildi.
1889-yilda Jon Byukenen Shire tog‘li hududida protektorat e’lon qildi, 1891-yilda esa Genri Jonston N’yasalend okruglarida protektorat e’lon qildi. Bu Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligi ko‘rsatmalariga zid bo‘lsa-da, 1891-yil may oyida hukumat bu protektoratni tan oldi.
1891-yilda ingliz-portugal shartnomasi imzolanganidan so‘ng Buyuk Britaniya va Portugaliya o‘rtasida aniq chegara belgilandi hamda Britaniyaning Markaziy Afrikadagi protektorati ratifikatsiya qilindi.
1891-yilga kelib protektoratning faqat bir qismi amalda britaniyaliklar tomonidan nazorat qilinar edi. Shuning uchun Genri Jonston hind qo‘shinlari bilan birga mahalliy boshliqlar hududlarini egallash uchun bir qator harbiy yurishlar uyushtirdi.
Britaniyaning Janubiy Afrikadagi kompaniyasi Zambezi daryosining shimolidagi, Buyuk Britaniya da’vo qilgan barcha hududlarni o‘z nazoratiga olishni xohladi, biroq bu mahalliy missionerlarning qarshiligiga sabab bo‘ldi. Shuning uchun Rodeziya kompaniya nazoratiga, Nyasalend esa tashqi ishlar vazirligi nazoratiga berilishi haqida qaror qilindi.
1896-yilda Jonston protektorat hududida kotibiyat tashkil etdi, shuningdek soliq yig‘uvchi lavozimi joriy qilindi, u keyinchalik okrug komissarlari lavozimiga aylantirildi. Ularning asosiy vazifalari soliqlarni yig‘ish, ishchi kuchini ta’minlash va hukumat qarorlarini bajarish edi. Shuningdek, soliq yig‘uvchilarga o‘zining kichik armiyasiga ega bo‘lish huquqi berilgan edi.

1907-yil 6-iyulda protektoratning nomi Nyasalend deb o‘zgartirildi.
Boshqaruv
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavjud boshliqlar hokimiyati okrug komissarlari foydasiga minimal darajaga tushirildi, biroq bundan mustasno bo‘lgan Ngoni qirolligi muxtoriyat oldi. Daromadni oshirish maqsadida 1895-yildan boshlab kulbalar solig‘i joriy etilgan edi.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1901-yilda nisbatan cheklangan aholi ro‘yxati o‘tkazildi, protektorat hududidagi aholining soni 736 724 kishini tashkil etdi. Protektorat mavjud bo‘lgan davrda Mozambikdan juda ko‘p odamlar keltirilgan edi[2].
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Protektoratning asosiy xo‘jalik faoliyati makkajo‘xori, jo‘xori va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish edi; keyinchalik choy va tamaki ham yetishtira boshlandi. 1908-yilda Shire temir yo‘li ochildi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1 2 John G Pike. Malawi: A Political and Economic History. Лондон: Pall Mall Press, 1969.
- ↑ Great Britain. Census Office. Census of the British empire. 1901. Report with summary and detailed tables for the several colonies, &c., area, houses, and population; also population classified by ages, condition as to marriage, occupations, birthplaces, religions, degrees of education, and infirmities ... London : Printed for H.M. Stationery Off., by Darling & Son, Ltd., 1906.