Kontent qismiga oʻtish

Britaniyaning Antarktidadagi hududi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Britaniyaning Antarktidadagi hududi (inglizcha: British Antarctic Territory) — Antarktika sektori (1,709 mln km ²), 20° va 80° gʻarbiy uzunliklar oralgʻida va Buyuk Britaniya da’vogarlik qilayotgan 60° janubiy kenglikning janubida joylashgan; Buyuk Britaniyaning dengizortidagi hududi.

Buyuk Britaniya 1833-yildan beri Folklend orollari ustidan suverenitetini tiklaganidan beri Janubiy Atlantikaning eng chekka qismida doimiy mavjudligini saqlab kelmoqda. 1908-yilda Buyuk Britaniya o‘z hududiy da’volarini kengaytirib, 50° janubiy kenglikdan janubroqda joylashgan hamda 20° dan 80° g‘arbiy uzunlik oralig‘idagi Janubiy Atlantika okeani va Antarktika qit’asida joylashgan Janubiy Georgiya, Janubiy Orkney orollari, Janubiy Shetland orollari, Janubiy Sandvich orollari hamda Grem yeriga nisbatan o‘z hududiy suverenitetini e’lon qildi[1]. Folklend orollarining qaram hududlari deb ataluvchi ushbu barcha yerlarga boshqaruvni Port-Stenli shahridan Folklend orollari gubernatori amalga oshirgan.

1917-yilda hududiy da’volar aniqlashtirilib, kengaytirildi va boshqa narsalar qatorida, ko‘rsatilgan sektor doirasidagi butun hudud — Janubiy qutbgacha bo‘lgan (ya’ni hozirgi Britaniyaning Antarktikadagi hududining to‘liq qismi) yerlarga ham tatbiq etildi[1].

Hozirda bu sektor tarkibiga Janubiy Shetland orollari, Janubiy Orkney orollari, Antarktika yarimoroli, Ueddell dengizi sohillari, shuningdek, Janubiy qutbgacha cho‘zilgan Antarktida hududlari kiradi.

1959-yil 1-dekabrda imzolangan va 1961-yil 23-iyunda kuchga kirgan Antarktika shartnomasiga ko‘ra, 60° janubiy kenglikdan janubroqda joylashgan hududlarga bo‘lgan da’volar muddatsiz ravishda “muzlatib qo‘yilgan”, ya’ni to‘xtatilgan hisoblandi. Xususan, bu da’volarni kengaytirish taqiqlangan, mintaqaning harbiylashtirishiga hamda foydali qazilmalarni qazib olishga ruxsat berilmaydi, biroq dunyoning istalgan mamlakati tomonidan ilmiy tadqiqotlar olib borishga hech qanday to‘siq qo‘yilmagan.

Imzolangan shartnomaning IV-moddasiga[2] muvofiq, Buyuk Britaniya ushbu hududga bo‘lgan huquqlarini saqlab qolgan. Shu bilan birga, Britaniya Antarktikasi da’vo qilgan hududning bir qismi Argentina va Chili hududiy da’volari bilan kesishadi.

Antarktida yarimoroli va unga tutash orollar — Antarktikadagi iqlim sharoiti eng qulay bo‘lgan joylardan biridir. Shu sababli yoz oylarida (dekabr–fevral) bu hududdagi ilmiy stansiyalarda aholining soni qariyb 2 ming kishiga yetadi. Biroq ularning aksariyati Buyuk Britaniya fuqarolari emas. Qish oylarida stansiyalar xodimlarining soni 500–700 kishigacha kamayadi. Doimiy aholisi yo‘q — bu butun Antarktika uchun xos holat. Turizm esa faqat yoz faslida rivojlangan.

Britaniya Antarktidasi Antarktida markashunosligida (pochta markalari to‘plash san’atida) keng o‘rin olgan.

  1. 1,0 1,1 International law for Antarctica, p. 652, Francesco Francioni and Tullio Scovazzi, 1996
  2. „Договор об Антарктике“. 2015-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-noyabr.