Kontent qismiga oʻtish

Britaniya Sharqiy Afrikasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Britaniya Sharqiy Afrikasi
inglizcha: British East Africa

Britaniya protektorati

1895 — 1920



Bayroq Africa 1909 16a.png
Madhiya
God Save the Queen (1895–1901)
God Save the King (1901–1920)

Britaniya Sharqiy Afrikasi xaritasi, 1909-yil
Poytaxti Mombasa (1895–1905)
Nayrobi (1905–1920)
Til(lar)i Ingliz tili (rasmiy)
Suaxili
Kikuyu
Kamba
Luo
Kisiy
Kimeru va boshqalar
Dini Xristianlik, Hinduizm, Islom va Afrika anʼanaviy dinlari
Pul birligi Hindiston rupiyasi (1895–1906)
Sharqiy Afrika rupiyasi (1906–1920)
Maydoni 696,400 km² (1904)
Aholisi 4,000,000 (1904)
Monarx
 - 1895–1901 Viktoriya
 - 1901–1910 Eduard VII
 - 1910–1920 Georg V
Komissar va gubernator
 - 1895–1897 Artur Genri Harding
 - 1919–1920 Ser Edvard Norti
Tarix
 -  1895-yil 1-iyul Tashkil etildi
 -  1920-yil 23-iyul Tugatilgan

Britaniya Sharqiy Afrikasi yoki Sharqiy Afrika protektorati — Sharqiy Afrikadagi 1895-yildan 1920-yilgacha Britaniya protektorati boʻlgan hudud.

1870-yillardan boshlab Sharqiy Afrika Yevropa davlatlari, birinchi navbatda, Britaniya va Germaniya oʻrtasidagi raqobat obyektiga aylandi. 1886-yilda ular Sharqiy Afrikani boʻlish toʻgʻrisidagi bitim tuzdilar, unga koʻra hozirgi Keniya hududi Britaniyaning ta’sir doirasiga kirdi.

1890-yilda Britaniya va Germaniya “Zanzibar shartnomasi” deb atalgan kelishuvni imzoladilar. Unga ko‘ra, britaniyaliklar Germaniyaga uning shimoliy sohilidagi Helgoland orolini berdi, Germaniyaning Tanganika (zamonaviy Tanzaniyaning materik qismi) ustidan huquqlarini tan oldi, buning evaziga esa Britaniya Keniya va Zanzibarga bo‘lgan huquqlarni qo‘lga kiritdi.

1890-yildan boshlab inglizlar Keniyaning ichki hududlarida “oqlar” uchun turar joy koloniyasiga asos solib, unumdor yerlarni jadal oʻzlashtira boshladilar. 1897—1901-yillarda Mombosadan Viktoriya koʻliga qadar temir yoʻl va aloqa liniyasi qurildi. Ingliz ko‘chmanchilari yirik plantatsiya xo‘jaliklarini barpo etdilar, jumladan eksport ekinlari — choy, qahva va sizal yetishtirish uchun. Britaniyaliklar qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, infratuzilma va boshqa korxonalarni tashkil etdilar[1].

  1. „The Kenya National Bureau of Statistics“. The Kenya National Bureau of Statistics. 2019-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-iyun.