Bridgette Jordan
| Bridgette Jordan | |
|---|---|
| Tavalludi | 9-iyun 1989-yil |
| Vafoti |
12-iyun 2019-yil (30 yoshda) |
| Fuqaroligi | AQSh |
Bridgette Mari Jordan (1989-yil 9-iyun – 2019-yil 12-iyun) Ginnesning Rekordlar kitobiga koʻra eng mitti ayol boʻlgan. Uning bo‘yi 69 sm (2 fut 3 dyuym) edi. U Ginnes rekordlariga koʻra eng mitti tirik aka-ukalardan biri bo‘lgan — uning ukasi Bred Jordan 20 yoshida 96 sm bo‘yga ega edi. Ular noyob genetik holat — mikrosofalik osteodisplastik primordial mittilik II turi bilan tug‘ilgan.
Bridgette Jordan AQSHning eng mitti ayoli hisoblangan; u Sandoval, Illinoysda yashagan va Kaskaskia kollej]da tahsil olgan. U raqs tushishni va cheerleading bilan shug‘ullanishni yoqtirgan. Jordan Kaskaskia cheer jamoasida ishtirok etgan. U chaqaloqlar uchun mo‘ljallangan 2-o‘lchamdagi oyoq kiyim kiygan.
Jordan bu rekordni avvalgi Ginnes rekordchisi Elif Koʻkaman (2 fut 4,5 dyuym)dan qabul qilib olgan. Ammo 2011-yil 16-dekabrda hindistonlik Jyoti Amge 18 yoshga to‘lishi bilan undan rekordni tortib olgan[1].
2012-yilda Jordanlar oilasi Big Tiny nomli realiti-teleko‘rsatuvda ishtirok etgan[2].
Bridgette tug‘ilganda uning og‘irligi 0,8 kg va uzunligi 31,7 sm edi. Uning ukasi Bred esa 1 kg og‘irlikda va 34,3 sm uzunlikda tug‘ilgan. Ularning bo‘ylari birga hisoblanganda atigi 165 sm bo‘lgan. Bred Jordan 2017-yil 21-fevralda 25 yoshida vafot etdi. Bridgette Jordan esa 2019-yil 12-iyunda vafot etdi[3].
- ↑ „Jyoti Kisanji Amge: Shortest woman living (mobile)“ (en-gb). Guinness World Records. 2021-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-fevral.
- ↑ „World's smallest siblings, Brad and Bridgette Jordan, in TLC series "Big Tiny" “ (2012-yil 13-avgust). Qaraldi: 2023-yil 28-may.
- ↑ „Obituary“. 2020-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 23-fevral.