Brian Maisonneuve

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Brian Maisonneuve
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Brian Maisonneuve
Tavallud sanasi 28-iyun 1973-yil (1973-06-28) (50 yosh)
Tavallud joyi Warren, Michigan, AQSh
Boʻyi 5 ft 11 in (1.80 m)
Ampluasi yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1983—1989 Carpathia Kickers
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1996—2004 Columbus Crew 172 (23)
Milliy terma jamoa
1997—2002 AQSh 13 (0)
Boshqargan klublari
2005—2008 AQSh U-17 (assistent)
2008—2010 University of Louisville "(assistent)
2010—2017 Indiana University (assistent)
2018— Ohio State Buckeyes
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Brian Maisonneuve (talaffuzi: Brayan Meysonneuve) — 1973-yil 28-iyulda AQShning Michigan shtati Warren shahrida tugʻilgan. Amerikalik futbol yarim himoyachisi „Columbus Crew“ va AQSh terma jamoasidagi oʻyinlari bilan tanilgan. 1998-yilgi jahon chempionati, shuningdek, Atlanta yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1991-yilda Brian Maisonneuve oʻz faoliyatini Indiana universiteti futbol jamoasida oʻynashdan boshladi. U bir necha bor jamoaga kubokni yutishda yordam berdi va NCAAda eng yaxshi 10 toʻpurardan biri boʻldi. Hamda, 1996-yilda Brian Maisonneuve MLS bilan shartnoma imzoladi va keyinchalik „Columbus Crew“ futbol klubi tomonidan futbolchi bilan shartnoma tuzilgan. U butun faoliyatini shu jamoada oʻtkazdi.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1996-yilda Brian Maisonneuve AQSh olimpiya terma jamoasi tarkibida Atlanta Olimpiadasida ishtirok etdi. Turnirda Argentina, Tunis va Portugaliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[1][2][3]. Tunisliklar va portugaliyaliklarga qarshi janglarda Brian Maisonneuve gol urdi.

1997-yil 4-iyunda u AQSh terma jamoasi safida Paragvayga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qildi. 1998-yilda Brian Maisonneuve CONCACAF oltin kubogi uchun tarkibda boʻlgan, ammo turnirda birorta ham oʻyinda qatnashmagan. Oʻsha yili u milliy terma jamoa bilan Fransiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatiga yoʻl oldi. Turnirda Mesonnev Eron, Germaniya va Yugoslaviya terma jamoalariga qarshi uchta oʻyinda ham qatnashdi[4][5][6]. 2002-yilda Brian Maisonneuve AQSh terma jamoasi bilan CONCACAF oltin kubogini qoʻlga kiritdi[7].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klublardagi faoliyati Liga Kubok Xalqaro Jami
Mavsum Jamoa Liga Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
AQSh Liga Ochiq kubok Shimoliy Amerika Jami
1996 Columbus Crew Major League Soccer 15 5
1997 32 3
1998 13 3
1999 29 2
2000 0 0
2001 25 8
2002 26 1
2003 23 1 ? ?
2004 9 5
Jami AQSh 172 23 ? ?
Umumiy faoliyatida 172 23 ? ?

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „США (до 23) VS. Аргентина (до 23) 1:3“ (ruscha). soccerway.com (1996—07—20). 26-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-sentabr 2016-yil.
  2. „США (до 23) VS. Тунис (до 23) 2:0“ (ruscha). soccerway.com (1996—07—22). 19-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-sentabr 2016-yil.
  3. „США (до 23) VS. Португалия (до 23) 1:1“ (ruscha). soccerway.com (1996—07—24). 19-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-sentabr 2016-yil.
  4. „США VS. Иран 1:2“ (ruscha). soccerway.com (1998—06—21). 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-sentabr 2013-yil.
  5. „Германия VS. США 2:0“ (ruscha). soccerway.com (1998—06—15). 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-sentabr 2013-yil.
  6. „США VS. Югославия 0:1“ (ruscha). soccerway.com (1998—06—25). 28-sentabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-sentabr 2013-yil.
  7. „США VS. Сальвадор 4:0“ (ruscha). soccerway.com (2002—01—27). 31-mart 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-sentabr 2013-yil.