Brian Albeson
Qiyofa
Brian Albeson (talaffuzi: Brayan Albeson 1946-yil 14-dekabr – 2003-yil 15-oktabr) – Angliya Futbol Ligasida Bury, Darlington, Southend United va Stockport jamoalarida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynagan va jami 302 oʻyinda 12 ta gol urgan ingliz professional futbolchisi. U, shuningdek, Hartlepool uchun Futbol Ligasi kubogida va Gateshead uchun Ligadan tashqari futbol oʻynagan.
Futboldan ketganidan soʻng, Albeson Darlingtonddagi sartaroshxonani boshqargan. U Anne bilan oila qurgan, ularning 4 nafar farzandi boʻlgan: Louise, Simon, Claire va Leanne. Brain 2003-yilda 56 yoshida vafot etgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Angliyalik futbolchi haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |