Brest sulhi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Brest sulhi (1918.3.3) - sovet Rossiyasi bilan Germaniya, AvstriyaVengriya, Bolgariya, Turkiya oʻrtasida tuzilgan sulh bitimi. Unga koʻra, Germaniya Polsha, Boltiqboʻyini, Belarus va Zakavkazyening bir qismini bosib oldi, 6 mlrd. marka miqdorida kontributsiya undirdi. Sovet Rossiyasi shoʻro hukumatini saqlab qolish maqsadida Brest sulhi ni tuzishga rozi boʻddi. N. I. Buharin boshchiligidagi "soʻl kommunistlar" guruhi Brest sulhi ga qarshi chiqdi. Brest sulhi 1918-yil 13-noyabrda, Germaniyada inqilob boʻlganidan keyin shoʻro hukumati tomonidan bekor qilindi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil