Brenden Kichton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Brenden Kichton
Kichton bilan St. John's IceCaps 2015-yilda
Tugʻilgan joyi 18-iyun 1992-yil (1992-06-18) (31 yosh)
Spruce Grove, Alberta, Canada
Boʻyi 5 ft 11 in (180 cm)
Ogʻirligi 185 lb (84 kg; 13 st 3 lb)
Pozitsiyasi Himoyachi
Maydondagi joylashgan oʻrni Oʻng qanot

Sobiq jamoalar
Erkin agent
St. John's IceCaps
Manitoba Moose
Charlotte Checkers
SaiPa
Vienna Capitals
NHLga kirish drafti 127-oʻrin, 2011
New York Islanders
190-oʻrin, 2013
Winnipeg Jets
Jamoalardagi faoliyat 2013—hozirgacha

Brenden Kichton (talaffuzi: Brenden Kichton, 1992-yil 18-iyunda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkeychi. U faoliyatining oxirida Avstriya Xokkey Ligasining (EBEL) Vienna Capitals jamoasida oʻynagan.

Jamoalardagi oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kichton Gʻarbiy Xokkey Ligasida (WHL) Spokane Chiefs jamoasi bilan oʻynagan. U dastlab New York Islanders jamoasi tomonidan 2011-yilgi NHL draftining umumiy hisobda 127-oʻrinda jamoa tarkibiga tanlangan[1]. Islanders jamoasi bilan kelisha olmagan Kichton, Winnipeg Jets jamoasi tomonidan 2013-yilgi NHL draftida 190-oʻrinda jamoa tarkibiga taklif etilgan.

Kichton 2013—2014-yilgi mavsumni Amerika Xokkey Ligasining (AHL) St. Johnʼs IceCaps jamoasi bilan boshlagan. U gol urish boʻyicha barcha AHL himoyachilari oʻrtasida yetakchilik qilgan holda, 12 oʻyinda 14 ochko toʻplagan[2].

2017-yil 1-iyulda Kichton Winnipeg Jets jamoasini erkin agent sifatida tark etib, Carolina Hurricanes jamoasi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzolagan[3].

2018-yil 10-oktyabrda Kichton Finnish Liigasining SaiPa jamoasi bilan shartnoma imzolagan[4]. 2018—2019-yilgi xorijdagi debyut mavsumida Kichton SaiPa jamoasi tarkibida 46 oʻyinda 8 gol va 23 ochko toʻplagan.

2019-yil 20-iyun kuni Kichtonni jamoa bilan tuzgan shartnomasi tugatgandan soʻng SaiPa jamoasini tark etgan va EBELning Vienna Capitals jamoasi bilan bir yillik shartnomaga rozilik berib, faoliyatini Yevropada davom ettirgan[5].

Jamoalardagi faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xokkeychi statistikasi qisqartmalar ma'nolari
 GP  Oʻynalgan oʻyinlar  G  Gollar  A  Uzatmalar  Pts  Jamoa toʻplagan ochkolari  PIM  Penalti uchun
belgilangan daqiqalar
Doimiy mavsum Pley-off
Mavsum Jamoa Liga GP G A Pts PIM GP G A Pts PIM
2008—2009 Spokane Chiefs WHL 57 1 8 9 12 8 0 0 0 0
2009—2010 Spokane Chiefs WHL 70 4 15 19 21 7 0 0 0 4
2010—2011 Spokane Chiefs WHL 64 23 58 81 31 17 1 10 11 2
2011—2012 Spokane Chiefs WHL 71 17 57 74 49 1 0 1 1 0
2012—2013 Spokane Chiefs WHL 71 22 63 85 30 9 2 5 7 6
2013—2014 St. Johnʼs IceCaps AHL 76 10 38 48 14 21 2 5 7 2
2014—2015 St. Johnʼs IceCaps AHL 65 8 21 29 32
2015—2016 Manitoba Moose AHL 68 11 30 41 36
2016—2017 Manitoba Moose AHL 63 1 22 23 52
2017—2018 Charlotte Checkers AHL 63 4 20 24 61 8 0 3 3 0
2018—2019 SaiPa Liiga 46 8 15 23 26 3 0 0 0 2
2019—2020 Vienna Capitals EBEL 36 13 17 30 20
AHLdagi umumiy ochkolari 335 34 131 165 195 29 2 8 10 2

Mukofot va unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mukofot Yil
WHL
Gʻarbiy konferensiyaning ikkinchi yulduzli jamoasi 2010—2011 [6]
Subway Super Series yulduzlari 2011 [7]
Bill Hunter Memorial Trophy Top himoyachi 2012—2013
AHL
Barcha yangi oʻyinchilar jamoasi 2013—2014 [8]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Pair with Tri ties chosen in NHL draft lottery“. Spruce Grove Examiner (29-iyun 2011-yil). 2013-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-iyun 2011-yil.
  2. „Brenden Kichton“. TheAHL.com (3-iyul 2015-yil).
  3. „Hurricanes sign Brenden Kichton to two-way contract“. Charlotte Checkers (1-iyul 2017-yil). 2018-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyul 2017-yil.
  4. „Kanadalaispuolustaja Brenden Kichton SaiPaan“ (fi-FI). saipa.fi (10-oktabr 2018-yil). Qaraldi: 15-oktabr 2018-yil.
  5. „Brenden Kichton moves to the Capitals“ (olmoncha). Vienna Capitals (20-iyun 2019-yil). Qaraldi: 20-iyun 2019-yil.
  6. „WHL: All-Star teams and award finalists named“. Yahoo! Sports (15-aprel 2011-yil). Qaraldi: 20-aprel 2011-yil.
  7. „Kichton selected to play for team WHL“. Spokane Chiefs (2-yanvar 2011-yil). Qaraldi: 3-fevral 2013-yil.
  8. „2013-14 AHL All-Rookie Team announced“. American Hockey League (15-aprel 2014-yil). 2016-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-aprel 2014-yil.