Brenda Fruhvirtová
| Brenda Fruhvirtová | |
|---|---|
|
Fruhvirtová 2023-yilgi Fransiya Ochiq chempionatida musobaqasida | |
| Mamlakat |
|
| Tugʻilishi |
2007-yil 2-aprel Praga, Chexiya Respublikasi |
| Ishlatadigan qoʻli | Oʻng qoʻl |
| Olgan jami pul mukofot(lar)i miqdori | $856 391 |
| Yakkalik bahslar | |
| Rekordi | 122–42 |
| Jami titullari | 15 ITF |
| Eng yuqori pozitsiyasi | 87-oʻrin (29-iyul 2024-yil) |
| Joriy pozitsiyasi | 458-oʻrin (23-iyun 2025-yil) |
| „Katta dubulgʻa“ turniri yakkalik bahslari natijalari | |
| Australian Open | 2-bosqich (2024) |
| French Open | 1-bosqich (2023) |
| Wimbledon | 2-bosqich (2024) |
| US Open | 1-bosqich (2024) |
| Juftlik bahslari | |
| Rekordi | 10–6 |
| Jami titullari | 1 ITF |
| Eng yuqori pozitsiyasi | 549-oʻrin (30-yanvar 2023-yil) |
| Joriy pozitsiyasi | 1 196-oʻrin (23-iyun 2025-yil) |
| Soʻnggi marta yangilandi: 27-iyun 2025-yil. | |
Brenda Fruhvirtová (2007-yil 2-aprelda tugʻilgan) — chexiyalik professional tennischi[1]. 2024-yil 29-iyul kuni yakkalik bahslari boʻyicha jahon reytingida 87-oʻrinni qayd etgan, 2021-yil 13-dekabr kuni ITF oʻsmirlar reytingida 4-oʻrinni band qilgan. Ushbu koʻrsatkichlar uning sport faoliyatidagi eng yuqori natijalari hisoblanadi[2].
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Brenda Fruhvirtová 2007-yil 2-aprelda Chexiya Respublikasi poytaxti Praga shahrida dunyoga kelgan. Uning singlisi Linda Fruhvirtová ham professional tennischi hisoblanadi[3][4].
Opa-singil Fruhvirtoválar 2017-yildan beri Fransiya janubidagi Mouratoglou tennis akademiyasida tennis mashgʻulotlarini olib bormoqda. Ular, shuningdek, Patrick Mouratoglou jamgʻarmasi stipendiatlari hisoblanishadi.
Sport faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻsmirlik yillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yilda Fruhvirtová 12 yoshgacha boʻlgan sportchilar oʻrtasida oʻtkaziladigan Eddie Herr turnirida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. U bu unvonga erishganida oʻn yoshda boʻlgan[5].
2019-yil aprel oyida Fruhvirtová 14 yoshgacha boʻlgan tennischilar oʻrtasida oʻtkazilgan 2019-yilgi Trnava kubogida yakkalik bahsi chempionligini qoʻlga kiritdi[6][7]. 2019-yilda sportchi va uning singlisi birgalikda Petits As turnirining juftlik bahslarida gʻoliblikka sazovor boʻli. Singlisi Linda, shuningdek, xuddi shu musobaqaning yakkalik bahslarida ham chempionlikni qoʻlga kiritgan. Oradan bir yil oʻtib, 2020-yilda Fruhvirtová 12 yoshida yakkalik bahsi chempionligiga ega chiqib, turnirning 38 yillik tarixidagi eng yosh chempioniga aylandi. Opa-singil Fruhvirtoválar turnir tarixida bir oila vakillari ketma-ket ikki yil chempionlikni qoʻlga kiritgan dastlabki tennischilar boʻlgan[8][9].
2020-yil iyul oyida Fruhvirtová Chexiya Respublikasida boʻlib oʻtgan koʻrgazmali turnir davomida jahon reytingida 54-oʻrinda turgan Katerina Siniakovani magʻlub etishga muvaffq boʻlgan[10]. Bir necha haftadan soʻng sportchi Mouratoglou akademiyasida oʻtkazilgan Ultimate Tennis Showdown (UTS) musobaqasida ishtirok etish uchun taklif qilindi. U ilk UTS ayollar musobaqasida qatnashgan toʻrt nafar tennischidan biri boʻlgan, biroq musobaqada Alizé Cornetga oʻyinni boy bergan[11]. 2020-yil sentyabr oyida Fransiya tennis federatsiyasi unga Fransiya Ochiq chempionati qizlar oʻrtasida yakkalik bahslarida ishtirok etish uchun yoʻllanmani taqdim etdi. Sportchi ushbu musobaqada qatnashgan eng yosh (13 yosh) tennischi edi.
2021: Professional debyut
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fruhvirtová atigi 14 yoshida 2021-yil dekabr oyida Seulda boʻlib oʻtgan WTA 125 turnirida oʻzining professional oʻyinlardagi debyut ishtirokini amalga oshirdi. U birinchi davrada Jeong Moonni magʻlub etib[12], keyingi uchrashuvda sakkizinchi raqam ostida saralangan Yuki Naitoga oʻyinni boy berdi[13].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Pravda, Petr „Zatraceně talentované dítě. Brenda, 15 let, začala vítězit mezi ženami“ (cs). seznamzpravy.cz (2022-yil 16-avgust). Qaraldi: 2022-yil 16-avgust.
- ↑ „Brenda Fruhvirtova Tennis Player Profile | ITF“ (en). Itftennis.com. Qaraldi: 2021-yil 14-aprel.
- ↑ Pravda, Petr „Největší talent českého tenisu teprve končí základní školu“ (cs). seznamzpravy.cz (2022-yil 2-may). Qaraldi: 2023-yil 19-yanvar.
- ↑ „České drahokamy sestry Fruhvirtovy! Jak na tom byly v jejich věku Plíšková či Kvitová?“. Sport.cz (2021-yil 26-dekabr).
- ↑ „Four Americans Claim Singles Titles at Eddie Herr; Osuigwe and Burel Reach ITF Girls Final; Skatov and Andreev Play for Boys ITF Championship“. Tenniskalamazoo.blogspot.com. Qaraldi: 2021-yil 14-aprel.
- ↑ „Velík a Brenda Fruhvirtová ovládli TE 2 do 14-ti let v Trnavě“ (cs). cztenis.cz. Czech Tennis Association (2019-yil 28-aprel).
- ↑ „Tennis Europe“.
- ↑ Linda Fruhvirtová bio
- ↑ „Tennis Europe“. Tenniseurope.org. Qaraldi: 2021-yil 14-aprel.
- ↑ Barker, Gabby „Fruhvirtova, 13-year-old Czech, wins 54th in the world“ (en-GB). Sports Finding (2020-yil 19-iyul). Qaraldi: 2021-yil 14-aprel.
- ↑ „UTS: Cornet schools Fruhvirtova in first-ever women's UTS match“ (en-US). UTS live (2020-yil 1-avgust). Qaraldi: 2021-yil 14-aprel.
- ↑ „Fruhvirtova wins her first match on WTA Tour – aged 14“. Tennis Majors (2021-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 21-dekabr.
- ↑ „Zhu sweeps past Mladenovic in Seoul to win first WTA 125 title“. Women's Tennis Association. Qaraldi: 2024-yil 21-dekabr.