Brejnev Leonid Ilich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Brejnev Leonid Ilich (1906.19.12, Dneprodzerjinsk — 1982.10.11, Moskva) — KPSS MK 1 (196466) va bosh (1966—82) kotibi, sobiq Ittifoq Oliy Kengashi Prezidiumi raisi (196064, 197782). Marshal (1976). 1941—45 yillardagi urushda siyosiy ishda. 1946 yildan Ukraina KP(b) Zaporojye, Dnepropetrovsk viloyat qoʻmitalarining 1kotibi, 1950—52 yillarda Moldaviya KP(b) MK 1kotibi. 1953 yildan Armiya va Harbiydengiz floti Bosh siyosiy boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari. 1954—56 yillarda Qozogʻiston KP MK 2kotibi, 1kotibi. 1952— 53, 1956—60, 196364 yillarda KPSS MK kotibi. N. S.Xrushchyovni ishdan majburlab ketkazish tashkilotchilaridan biri (1964). B. bosh kotiblik lavozimida ishlagan paytda mamlakatda turgʻunlik kuchaydi, iqtisodiyotda, jamiyatning ijtimoiy va maʼnaviy sohalarida salbiy jarayonlar avj oldi. Iqtisodiyotda ekstensiv omillarga zoʻr berildi. Chexoslovakiyaga intervensiya amalga oshirildi (1968), Afgʻonistonga qoʻshinlar kiritildi (1979).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil