Breggvulf sharti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Breggvulf sharti — toʻlqin uzunligini oʻzgartirmay kristalldan sochilgan rentgen nurlarining interferension maksimumlari vaziyatini belgilovchi shart. Ingliz fizigi U. L. Bregg va rus fizigi G. V. Vulf tomonidan bir-biridan mustaqil ravishda 1913 yil topilgan. Bu shartga koʻra, rentgen nurlari parallel kristallografik tekisliklar tizimidan qaytganda interferension maksimumlar vujudga keladi. B.—Breggvulf shartini quyidagi koʻrinishda yozish mumkin: 2sIpv=pK, bunda d — tekisliklar orasidagi masofa, v — qaytaruvchi tekislik bilan tushayotgan nur orasidagi burchak, X — rentgen nurlari toʻlqinlari uzunligi, p — nur qaytarish tartibi, yaʼni musbat yaxlit son. Kristallardan fakat rentgen nurlari emas, balki u nurlar sochilganda (elektronlar, protonlar va neytronlar difraksiyasida) ham B.—Breggvulf sharti bajariladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil