Brayan Burrell

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Brian Thomas Burrell
Tavalludi
Brian Thomas Burrell

23-mart 1972-yil (1972-03-23) (52 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktor
Faoliyat yillari 2001-yildan hozirga qadar

Brayan Tomas Burrell (xitoycha: 布偉傑 , 1972-yil 23-martda tugʻilgan) — Gonkongdagi Kanton televizion spektakllaridagi rollari bilan mashhur boʻlgan amerika-gonkonglik aktor. Burrell, shuningdek, Gonkong TVB teleradiokompaniyasining yillar davomida bir nechta xitoylik boʻlmagan sanʼatkor aktorlardan bir sanaladi[1][2].

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Burrel Utah shtatining Salt Lake City shahrida tug‘ilgan[3] va 1999-yilda Yuta universitetini Xitoy adabiyoti va Osiyo tadqiqotlari bo‘yicha yoʻnalishini tamomlagan[2]. Burrell birinchi marta 1995-yilda Gonkongga ingliz tilidan dars berish uchun borgan va 1999-yilda AQShdan Gonkongga doimiy ravishda qatnab turgan[2]. Shuningdek, u turli shevalarda soʻzlasha oladi va kanton, mandarin va kambodja tillarini ham oʻqiy oladi.

Aktorlik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Brayan oʻzining aktorlik faoliyatini 2001-yilda, TVB telekanalining "A Case of Misadventure" (Baxtsiz hodisa) (xitoycha: 騎呢大狀)dagi roli bilan boshlagan[2]. Brayan oxir-oqibat aktor boʻlish uchun axborot texnologiyalari sohasidagi ishidan voz kechdi va keyinchalik TVB tomonidan artist sifatida shartnoma imzolandi[2].

Uni televideniye aktorligi bilan Gonkongdagi yana bir yevropalik aktor Gregoriy Charlz Rivers tanishtirdi[4]. TVBga kirganidan boshlab Burrell koʻplab turli teleseriallarda rol oʻynagan.

Gonkong televideniyesida muntazam ravishda paydo boʻladigan sanoqli xitoylik boʻlmagan aktorlardan biri sifatida Brayan 2007-yil oktyabr oyida „Muse“ jurnalida intervyu va „Salom qoʻshni“ badiiy hikoyasida namoyish etildi[5].

TVB ga kirganidan soʻng u koʻplab teleseriallarda turli xil rollarni ijro etgan va bir qator reklamalarda qatnashgan. Shuningdek, koʻplab estrada shoulari va kompaniya tadbirlarida rejissor va mehmon boʻlgan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „《my-name-is-邦》黑白雙雄喬寶寶、布偉傑 (Translation: N.I.B.: The "Black and White" Dual of Gill Mohinderpaul Singh and Brian Burrell“. TVB J2. 2010-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 20-mart.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „個人資料 - 布偉傑 (Personal Information - Bran Burrell)“ (Chinese). 2011-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 20-mart.
  3. [1]
  4. „翻版河國榮中心耿耿闖視圈 (Translation: A clone of Gregory Charles Rivers is Determined to Enter the Entertainment Industry)“ (Chinese). Qaraldi: 2010-yil 20-mart.
  5. Chow, Vivienne (October 2007). "Hello Neighbour". Muse Magazine (9): 44–57.