Vladimir Braun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Braun Vladimir Fyodorovichdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Braun Vladimir Fyodorovich (1947.16.4, Perm viloyati Solikamsk shahri) — opera xonandasi (dramatik bariton). Oʻzbekiston xalq artisti (1986). Odessa konservatoriyasini tugatgach (1977), Novosibirsk opera va balet teatri, 1979—91 yillarda A. Navoiy nomidagi opera va balet teatri yakkaxoni. Rigoletto, Amonasro, Yago (J. Verdi, "Rigoletto", "Aida", "Otello"), Eskamilo (J. Bize, "Karmen"), Tomskiy (P. Chaykovskiy, "Qargʻa motkasi"), Igor (A. Borodin, "Knyaz Igor") Lefort (A. Petrov, "Pyotr I"), Ruprext (S. Prokofyev, "Olovli farishta") partiyalarini ijro etgan. Ovozi yoqimli tembr va toʻliq diapazonga ega. B. obrazlarni vokal ijrosi va sahna vositalari mushtarakligida ochishga intiladi. Konsert repertuaridan romans, qoʻshiqlar ham oʻrin olgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil