Kontent qismiga oʻtish

Brati Gadyukini

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Brati Gadyukini
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi Lvov
Mamlakat Ukraina bayrogʻi Ukraina
Faoliyat yillari 1988—h. v.
Janr pank-rok, blyuz, rok-n-roll, reggi, fank
Vebsayt gady.com.ua

Brati Gadyukini (ukraincha: Брати Гадюкіни; ruscha: Братья Гадюкины) – sovet va ukrain rok guruhi. Guruhning oʻziga xos uslubi ukrainacha pank-rok ruhidagi qoʻshiqlar hamda blyuz, rok-n-roll, reggi, fank kabi turli yoʻnalishlardagi musiqa uygʻunligidan iborat[1].

Guruh 1988-yilda Lvov shahrida bir nechta guruhlarning birlashishi natijasida tashkil topgan. Dastlabki tarkib quyidagicha boʻlgan: Sergey „Kuzya“ Kuzminskiy (vokal, klavishli asboblar, qoʻshiqlar)[2]; Aleksandr „Shulya“ Yemets (saksofon); Andrey Partika (gitara); Mixail Lundin (baraban); Aleksandr Gamburg (bas, vokal). Guruhning nomini Aleksandr Yemets oʻylab topgan, bu nom 1960-yillarda mashhur boʻlgan sovet bolalar yozuvchisi Viktor Dragunskiy qalamiga mansub „Josus Gadyukinning oʻlimi“ (ruscha: Смерть шпиона Гадюкина) hikoyasidagi personajlardan birining ismidan olingan.

1989-yilda guruh Moskvadagi „Sirok-89“ festivalida ishtirok etdi. Qoʻshiqlar ijro etilgan til Dnestrboʻyi dialekti, ayrim polyak va rus soʻzlarining aralashmasidan iborat boʻlib, qoʻshiqlar lemko lahjasida talaffuz qilingan.

Bundan soʻng butunlay ukraincha „Kobzonga javobimiz“ dasturi tayyorlandi. 1989-yil mayda guruh oʻzining birinchi „Vsyo chotko!“ albomini, keyinroq esa Vika Vradiy uchun yana beshta qoʻshiq yozishgan. Chernovtsidagi „Chervona ruta“ festivalida guruh Vika Vradiydan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan. 1989-yil dekabrda Alla Pugachova „Brati Gadyukini“ guruhi „Rojdestvo uchrashuvlari“ konsert dasturiga taklif etiladi. Yozda guruhni tark etgan asoschisi Aleksandr Yemets oʻrniga klavishachi Igor „Kolbasik“ Melnichuk keldi. Yangi tarkibda Moskvada „Vsyo chotko!“ albomi qayta yozib olinadi va yangi „Govorit Moskva!“ albomi ustida ish boshlanadi, ammo bu albom bir qator sabablarga koʻra tugatilmay qolgan.

„Brati Gadyukini“ guruhining yangi dasturi asta-sekin yaratilgan: musiqiy jihatdan ular oʻz ildizlariga ritm-n-blyuzga qaytadilar, sahnada esa koʻproq eʼtibor kordebalet (Oleg Kachechka, Bogdan Vatashchuk, Stepan Koval) tomonidan taqdim etilgan shouga qaratilgan. 1991-yilda Aleksandr Gamburg guruhni tark etadi. Musiqadagi faoliyatidan koʻra, Gamburg professional arxitektorlik karyerasini afzal koʻradi. Xuddi shu paytda yangi aʼzo klavishchi Pavel Kraxmalov guruhga olingan, Melnichuk esa basga oʻtgan. Dekabr oyida „Mi xlopsi z Bandershtatu“ yangi albomining taqdimoti boʻlib oʻtdi, olti oydan soʻng „Audio Ukraina“ vinil plastinkasini sotuvga chiqarishgan.

„Brati Gadyukini“ guruhi shu orada Yelena Marxasyova boshchiligidagi ijodiy birlashmaga aylanib, yana uchta ukrain guruhi bilan „Plach Yeremii“, „Mertviy Piven“ va „Klub shanuvalnikіv chayu“ hamkorlik qilgan. 1992-yil sentyabrda „Brati Gadyukini“ guruhi „Ne propem Ukrainu“ nomli rok-aksiya – konsert-marafonini oʻtkazdilar va shundan soʻng bir yarim yil davomida faoliyatlarini toʻxtatdilar. 1994-yil boshida guruh yana jamlandi va bir nechta qoʻshiq yozishgan, biroq oʻsha paytda Belgiyada giyohvandlikdan davolanayotgan Sergey Kuzminskiy bu jarayonda ishtirok etmagan.

1994-yil iyul oyida guruh allaqachon toʻliq tarkibda „Bulo ne lyubiti“ yangi qoʻshigʻining parchalarini taqdim etishgan, u yil oxirigacha „Triton“ studiyasida yozib olingan (ovoz rejissyori Roman Luzan). 1995-yil boshida Yuliya Donchenko va gitarachi Andrey Partika guruhni tark etishdi (ular birgalikda „Gavayskie gitari“ guruhini yaratdilar). Yangi saksofonchi Bogdan Yura armiyaga olib ketilgandan soʻng, bir muncha vaqt gitarachi oʻrniga „Rudolf Dizel“dagi Gennadiy Verbyaniy kelgan.

1995-yil dekabrida guruh „Bay, bay, mila“ nomli yangi albomni yozishni boshladilar va shu bilan bir vaqtda (uchinchi marta) „Vsyo chotko!“ albomini kompakt-disk uchun qayta yozdilar. Yozuvlar orasidagi tanaffuslarda Sergey Kuzminsky (endi DJ Pubert sifatida) va bek-vokalchi EmSi Layla Lilya Pavlik radioda „Stolitsa. Programma Transmutatsiya“ dasturida didjeylik qilishgan.

1997-yil boshidan Kraxmalyov va Melnichuk Kiyevda oʻzlarining „Gadyukini Rekords“ nomli ovoz yozish studiyasini tashkil etdilar. Ular kinolar, teleseriallar, reklama roliklar va dasturlar uchun musiqa yozish bilan shugʻullanishdi.

1997—2013-yillarda Kraxmalyov va Melnichuk „1+1“ telekanalining koʻrsatuvlariga musiqiy bezak berish boʻyicha musiqiy prodyuserlar sifatida faoliyat yuritishgan. Shuningdek, ular Rossiyaning „STS“ (2002—2005) va Ukrainaning „TET“ koʻngilochar kanallariga ham musiqalar yaratishgan.

2000-yil bahorida „Rostok Records“ 1994—1995-yillardagi konsert qoʻshiqlari bilan „NA!JIVO“ albomini kompakt-diskda chiqarishdi. Keyinchalik „Mi xlopsi z Bandershtadtu“ va „Bulo ne lyubiti“ albomlari ham qayta chiqarishgan.

200- yilda guruh Kiyevda konsert berib, konsert faoliyatini qayta tiklashgan.

2009-yil 3-avgustda uzoq vaqt davom etgan ogʻir kasallik (hiqildoq saratoni) bilan kurashdan soʻng, 46 yoshida guruh rahbari Sergey „Kuzya“ Kuzminskiy hayotdan koʻz yumdi. U 6-avgust kuni Lvov shahridagi Lichakov qabristoniga dafn etilgan.

2014-yilda guruh „MADE IN UKRAINE“ albomini yozish ishlari boshlaydi.

Guruh tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Mixail Lundin – barabanchi, vokal (1988—1996, 2006—2009, 2011, 2014— h. v.)
  • Igor Melnichuk – bas gitara, vokal (1991—1996, 2006—2009, 2011, 2014—h. v.)
  • Pavel Kraxmalev – klavish, vokal (1991—1996, 2006—2009, 2011, 2014—h. v.)
  • Andrey Skachko – gitara (2014—h. v. .; sessionno: 2006—2009, 2011, 2014)
  • Vladimir Mixalchenko – baraban, zarbli musiqiy asboblar (2014—h. v. .; sessionno: 2011)
  • Alena Romanovskaya – bek-vokal (2014—h. v. .; sessionno: 2006—2009, 2011)
  • Nelya Tsapenko – bek-vokal (2014—h. v.)

Sobiq aʼzolari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Aleksandr Yemets – saksafon (1988—1989)
  • Vladimir Postnichenko – baraban (1988)[3]
  • Sergey Kuzminskiy – vokal, klavish (1988—1996, 2006—2009, 2009-yilda vafot etgan)
  • Aleksandr Gamburg – bas gitara, vokal (1988—1991)
  • Andrey Partika – gitara (1988—1995)
  • Oleg Kachechka – trubachi (1991—1992)
  • Bohdan Vatashchuk – trombon (1991—1992)
  • Stepan Koval – saksafon (1991—1992)
  • Ernest Xreptik – gitara (1991—1992)
  • Yuliya Donchenko – bek-vokal (1994—1995)
  • Bogdan Yura – saksafon (1994—1995)
  • Liliya Pavlik-Kuvaldina – bek-vokal (1994—1996, 2006—2009, 2011, 2014—2017)
  • Gennadiy Verbyaniy – gitara, bek-vokal (1995—1996, 2006—2009, 2011, 2014)

Diskografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 2014 – „Made In Ukraine“
  • 2011 – „Ya vernuvsya domіv“
  • 2007 – „Krashe“
  • 2007 – „Love Story“
  • 2006 – „Vrodilo“
  • 2006 – „Live à Bruxelles“
  • 2000 – „NA!JIVO“
  • 1996 – „Shaslivoї dorogi! (Bay, bay, mila!)“.
  • 1994 – „Bulo ne lyubiti“.
  • 1991 – „Mi xlopsі z Bandershtadtu“.
  • 1989 – „Vso chotko!“.