Branislav Nušić

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

NUSHICH (Nuship) Branislav (1864.8.10 - Belgrad - 1938.19.1) - serb yozuvchisi, dramaturgi. Serbiya Fanlar akademiyasi akademik (1933). 1915—18 yillarda muhojirlikda yashagan. Oʻtkir hajviy asarlarida Serbiyada siyosiy tuturiqsizliklarni, saylovlarning soxtaligini, politsiya byurokratizmini qattiq qoralagan ("Xalq deputati", 1883; "Proteksiya", 1888; "Oddiy kishi", 1899 va boshqalar). "Ramazon oqshomlari" (1898, hikoyalar toʻplami), "Tashula" (1902) qissasi sharq ekzotikasi mavzuiga ba-gʻishlangan. N. "Bir ming toʻqqiz yuz oʻn beshinchi yil" (1916) asarida vatan-parvarlarning Birinchi jahon urushiga na-fratini ifodalagan. "Mister dollar" (1932), "Iztirob chekkan oila" (1935), "Doktor" (1936), "Murda" (1937) komediyalari N. satirik isteʼdodining yangi parvozi boʻlgan. N. ijodi hajviy va yumoristik pafosining kuchliligi bilan jahon adabiyotida muhim oʻrin tu-tadi va koʻplab yozuvchilar ijodiga sa-marali taʼsir koʻrsatib kelmoqda. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan ("Tarjimai holim", 1970; "Kikandon mashmashalari", 1981 va boshqalar).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil