Branislav Nušić
![]() | Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Nushich (Nuship) Branislav (1864.8.10 – Belgrad – 1938.19.1) – serb yozuvchisi, dramaturgi. Serbiya Fanlar akademiyasi akademik (1933). 1915—1918 yillarda muhojirlikda yashagan. Oʻtkir hajviy asarlarida Serbiyada siyosiy tuturiqsizliklarni, saylovlarning soxtaligini, politsiya byurokratizmini qattiq qoralagan („Xalq deputati“, 1883; „Proteksiya“, 1888; „Oddiy kishi“, 1899 va boshqalar). „Ramazon oqshomlari“ (1898, hikoyalar toʻplami), „Tashula“ (1902) qissasi sharq ekzotikasi mavzusiga bagʻishlangan. Branislav Nušić „Bir ming toʻqqiz yuz oʻn beshinchi yil“ (1916) asarida vatanparvarlarning Birinchi jahon urushiga nafratini ifodalagan. „Mister dollar“ (1932), „Iztirob chekkan oila“ (1935), „Doktor“ (1936), „Murda“ (1937) komediyalari Branislav Nušić satirik isteʼdodining yangi parvozi boʻlgan. Branislav Nušić ijodi hajviy va yumoristik pafosining kuchliligi bilan jahon adabiyotida muhim oʻrin tutadi va koʻplab yozuvchilar ijodiga samarali taʼsir koʻrsatib kelmoqda. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan („Tarjimai holim“, 1970; „Kikandon mashmashalari“, 1981 va boshqalar)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Yozuvchi, shoir yoki dramaturgga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
![]() | Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |