Branimir Bajić
Bajić MSV Duisburg safida, 2015-yil | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 19-oktyabr 1979-yil | ||
Tavallud joyi | Bijeljina, Bosniya va Gersogovina SR, Yugoslaviya | ||
Boʻyi | 1.87 m | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Mladost Velika Obarska | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1997-2000 | Radnik Bijeljina | 73 | (0) |
2000-2007 | Partizan | 114 | (6) |
2006 | → Al Wahda (ijara) | ||
2007-2009 | TuS Koblenz | 55 | (2) |
2009-2010 | Denizlispor | 12 | (1) |
2010-2018 | MSV Duisburg | 208 | (18) |
Milliy terma jamoa | |||
2004-2008 | Bosniya va Gersegovina | 21 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (13-may 2018-yil uchun) |
Branimir Bajić (talaffuzi: Branimir Bajich; 1979-yil 19-oktabrda tugʻilgan) — bosniyalik nafaqadagi futbolchi, himoyachi sifatida oʻynagan.
Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bajić 2000-yilning iyulida Radnik Bijeljina safidan „Partizan“ga oʻtdi[1]. 2001—2002-yilgi UEFA kubogi birinchi bosqichida „Rapid Wien“ ga qarshi oʻyinning 90-daqiqasida ham oʻzining jamoadagi, ham jamoasining oʻyindagi birinchi goliga mualliflik qildi, 1:0 hisobida gʻalaba qozonishdi[2]. 2004-yilning may oyida Bajić „Partizan“ bilan shartnomasini yana 4 yilga uzaytirdi. Keyinchalik u 2004—2005-yilgi mavsumda klub bilan uchinchi chempionlikni qoʻlga kiritdi. 2006-yilning fevralida Bajić Amirlikning „Al Wahda“ klubiga doimiy shartnoma opsiyasi bilan olti oyga ijaraga berildi[3]. Shartnoma tugaganidan keyin „Partizan“ga qaytdi va 2006—2007-yilgi mavsumda muntazam ravishda jamoada oʻynadi.
2007-yil iyun oyida Bajić Germaniyaga koʻchib oʻtdi va TuS Koblenz bilan uch yillik shartnoma imzoladi[4]. Keyingi ikki mavsumni u klubda oʻtkazdi, 2009-yil iyul oyida „Denizlispor“ga oʻtdi. Turkiyada bir yil oʻynagach, Bajić Germaniyaga qaytib keldi va MSV Duisburg bilan shartnoma imzoladi[5]. 2018-yilning 9 may kuni u 2017—2018-yilgi mavsum yakunida Duisburgni tark etishi maʼlum boʻldi[6]. Mavsumdan soʻng faoliyatini yakunlashini eʼlon qildi[7].
Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bajić Bosniya va Gersegovina terma jamoasi safida 2004-yil avgust oyida Fransiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan va jami 21 o‘yin o‘tkazib, birorta ham gol urmagan[8]. Uning soʻnggi terma jamoadagi oʻyini 2008-yil avgustida Bolgariyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini boʻlgan[9].
2008-yil sentabrida Chiro Blaževich Bosniya va Gersegovinaga murabbiy sifatida kelganidan keyin terma jamoadagi muhitdan noroziligini aytib, Sportski žurnal gazetasiga[10] intervyusida Bajić 28 yoshida terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini aytdi[11].
Bir necha kundan keyin „Dnevni avaz“ gazetasida Bajić Sportski žurnalga bergan intervyusini va xalqaro faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilganini rad etdi[12].
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Partizan
- Yugoslaviya birinchi ligasi: 2001-2002, 2002-2003, 2004-2005
- FR Yugoslaviya kubogi: 2000-2001
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Haubica Iliev“ (Serbian). glas-javnosti.rs (26-iyul 2000-yil). Qaraldi: 19-fevral 2017-yil.
- ↑ „Kapital od Bajića“ (Serbian). glas-javnosti.rs (20-sentabr 2001-yil). Qaraldi: 19-fevral 2017-yil.
- ↑ „Bajić potpisao za Al Vahda“ (Serbian). partizan.rs (11-fevral 2006-yil). 3-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-oktabr 2022-yil.
- ↑ „Bajić se pridružio Pantiću“ (Serbian). partizan.rs (13-iyun 2007-yil). Qaraldi: 19-fevral 2017-yil. [sayt ishlamaydi]
- ↑ „MSV holt Branimir Bajic“ (German). kicker.de (16-iyun 2010-yil). Qaraldi: 24-yanvar 2012-yil.
- ↑ „Sieben Abschiede am Sonntag: Danke für eue Zeit in Zebrastreifen!“. msv-duisburg.de (9-may 2018-yil).
- ↑ „Bajic beendet seine Karriere“. msv-duisburg.de (10-may 2018-yil).
- ↑ „Appearances for Bosnia and Herzegovina National Team“. RSSSF. Qaraldi: 23-yanvar 2021-yil.
- ↑ „Player Database“. eu-football.info. Qaraldi: 23-yanvar 2021-yil.
- ↑ „Branimir Bajić "odjavio" Ćiru, zauvek“ (Serbian). mondo.rs (16-sentabr 2008-yil). Qaraldi: 24-yanvar 2012-yil.
- ↑ „Branimir Bajić "odjavio" Ćiru, zauvek“ (Serbian). mondo.rs (16-sentabr 2008-yil). Qaraldi: 24-yanvar 2012-yil.
- ↑ „Bajić: Nisam "odjavio" BiH i Ćiru!“ (Serbian). mondo.rs (18-sentabr 2008-yil). Qaraldi: 24-yanvar 2012-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Branimir Bajić National-Football-Teams.comda