Bram Nuytinck

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bram Nuytinck
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 4-may 1990-yil (1990-05-04) (33 yosh)
Tavallud joyi Heumen, Niderlandiya
Boʻyi 1.91 m
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Udinese Calcio
Raqami 17
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1998—2001 Juliana '31
2001—2009 NEC Nijmegen
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2012 NEC Nijmegen 73 (7)
2012—2017 Anderlecht 157 (5)
2017— Udinese Calcio 127 (3)
Milliy terma jamoa
2010—2013 Niderlandiya U21 23 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(27-iyun uchun)

Bram Nuytinck (talaffuzi: Bram Noytink; 1990-yil 4-mayda Gollandiyaning Xyomen shahrida tugʻilgan) — gollandiyalik futbolchi, „Udinese“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nuytinck „Anderlecht“ futbol klubi safida

Bram „NEC“ futbol akademiyasiga 2001-yilda qoʻshilgan. 2009-yilning bahorida jamoa murabbiyi Mario Ben Nuytinckni mavsum uchun tarkibga kiritgan va shundan soʻng Bram klub bilan birinchi professional shartnomasini imzolagan.

2009-yil 23-dekabrda u Gollandiya kubogi doirasidagi „Groningen“ futbol klubiga qarshi o‘yinda ilk jamoadagi debyutini o‘tkazgan[1]. 2010-yil 30-yanvarda Nuytinck Erediviziyadagi debyutini „Sparta“ futbol klubiga qarshi bahsda o‘tkazgan[2]. 12-fevral kuni „Breda“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u „dubl“ni amalga oshirib, klubdagi ilk gollarini urgan[3].

2012-yil 31-avgustda Nuytinck BelgiyaningAnderlecht“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. Transfer summasi 3 million yevroni tashkil qilgan. 15-sentabr kuni „Lierse“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Yupil ligada debyut qilgan[4]. Uch kundan soʻng, „Milan“ futbol klubiga qarshi bahsda, Bram Chempionlar ligasida debyut qilgan[5]. 2013-yilning 1-aprelida „Genk“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Nuytinck klub uchun birinchi golini urgan[6].

2017-yilning yozida Bram ItaliyaningUdinesejamoasiga o'tgan. Transfer summasi 3 million yevroni tashkil qilgan[7]. 20-avgust kuni „ChievoVerona“ futbol klubiga qarshi o'yinda u Italiya A seriyasida debyut qilgan[8]. 27-avgust kuni „SPAL“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Nuytinck “Udinese” futbol klubi safidagi ilk golini urgan[9].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yil 2-sentyabrda Nuytinck Gollandiya yoshlar terma jamoasi safida Ispaniyaga qarshi oʻyinda debyut qilgan[10]. 2012-yil 7-sentyabrda yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati saralash bosqichida Avstriyaga qarshi o‘yinda u yoshlar jamoasi safidagi ilk golini urgan[11].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Yevropa Boshqa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
NEC 2009—2010[12] 13 2 1 0 14 2
2010—2011[13] 33 2 0 0 33 2
2011—2012[14] 25 2 2 0 2 0 29 2
2012—2013[15] 2 1 0 0 2 1
Jami 73 7 3 0 2 0 78 7
Anderlecht 2012—2013[16] 33 1 6 0 5 0 44 1
2013—2014[17] 23 1 2 0 5 0 1 0 31 1
2014—2015[18] 11 0 1 0 2 0 1 0 15 0
2015—2016[18] 18 2 2 0 4 0 24 2
2016—2017[18] 30 1 2 0 12 0 44 1
Jami 115 5 13 0 28 0 2 0 158 5
Udinese 2017—2018 27 1 3 0 30 1
2018—2019 27 0 0 0 27 0
2019—2020 26 0 2 0 28 0
2020—2021 20 1 1 0 21 1
2021—2022 27 1 2 0 29 1
Jami 127 3 8 0 0 0 0 0 135 3
Umumiy faoliyatida 315 16 24 0 28 0 4 0 371 16

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Гронинген VS. НЕК 0:2“ (en). soccerway.com (23 декабря 2009). 2013-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-iyun.
  2. „НЕК VS. Спарта 1:0“ (en). soccerway.com (30 января 2010). 2013-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-iyun.
  3. „НЕК VS. Бреда 4:2“ (en). soccerway.com (12 февраля 2010). 2013-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-iyun.
  4. „Льерс VS. Андерлехт 1:1“ (en). soccerway.com (15 сентября 2012). 2014-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-iyun.
  5. „Милан VS. Андерлехт 0:0“ (en). soccerway.com (18 сентября 2012). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-iyun.
  6. „Андерлехт VS. Генк 1:2“ (en). soccerway.com (1 апреля 2013). 2013-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-iyun.
  7. „«Удинезе» за 3 млн евро купил защитника «Андерлехта» Нюйтинка“ (ru). sports.ru (2017—07—29). 2017-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-avgust.
  8. „Удинезе VS. Кьево 1:2“ (en). soccerway.com (2017—08—20). 2017-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-avgust.
  9. „СПАЛ VS. Удинезе 3:2“ (en). soccerway.com (2017—08—27). 2017-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-avgust.
  10. „Испания (до 21) VS. Нидерланды (до 21) 2:1“ (en). soccerway.com (2 сентября 2010). 2017-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-iyun.
  11. „Нидерланды (до 21) VS. Австрия (до 21) 4:1“ (en). soccerway.com (7 сентября 2012). 2013-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-iyun.
  12. „Bram Nuytinck: Season 2009/10“. FootballDatabaseEU. Qaraldi: 2014-yil 24-fevral.
  13. „Bram Nuytinck: Season 2010/11“. FootballDatabaseEU. Qaraldi: 2014-yil 24-fevral.
  14. „Bram Nuytinck: Season 2011/12“. FootballDatabaseEU. Qaraldi: 2014-yil 24-fevral.
  15. „Bram Nuytinck: Season 2012/13“. FootballDatabaseEU. Qaraldi: 2014-yil 24-fevral.
  16. „Bram Nuytinck: Season 2012/13“. FootballDatabaseEU. Qaraldi: 2014-yil 24-fevral.
  17. „Bram Nuytinck: Season 2013/14“. FootballDatabaseEU. Qaraldi: 2014-yil 24-fevral.
  18. 18,0 18,1 18,2 „B. Nuytinck“. Soccerway. Qaraldi: 2015-yil 21-dekabr.