Bradley Richardson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bradley Richardson
Richardson Vancouver Canucks klubida 2013-yil
Tugʻilgan joyi 4-fevral 1985-yil (1985-02-04) (39 yosh)
Belleville, Ontario, Kanada
Boʻyi 6 ft 0 in (183 cm)
Ogʻirligi 191 lb (87 kg; 13 st 9 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
Maydondagi joylashgan oʻrni markaz
NHL
Sobiq jamoalar
erkin agent
Colorado Avalanche
Los Angeles Kings
Vancouver Canucks
Arizona Coyotes
Nashville Predators
Calgary Flames
NHLga kirish drafti 163-oʻrindagi tanlov, 2003
Colorado Avalanche
Jamoalardagi faoliyat 2005—hozirgacha

Bradley Benjamin Stanley Richardson (talaffuzi: Bredli Benjamin Stenli Richardson) (1985-yil 4-fevralda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkeychi. Bradley Richardson hozirda cheklanmagan erkin agent hisoblanadi. U faoliyati davomida „Vancouver Canucks“, „Colorado Avalanche“, „Los Angeles Kings“, „Arizona Coyotes“, „Nashville Predators“ va „Calgary Flames“ kabi xokkey jamoalarida oʻynagan.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bradley Richardson 1998-yilda Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida „Quinte“ xokkey jamoasi bilan oʻynagan[1].

Bradley Richardson 2003-yilda NHLga kirish loyihasida „Colorado Avalanche“ xokkey klubi safiga 163-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Bradley Richardson Ontario xokkey ligasi vakili „Colorado Avalenche“ xokkey klubi safida oʻzining birinchi professional mavsumini oʻtkazdi. Bradley Richardson „Colorado Avalanche“ xokkey klubi safida 2006—2007-yilgi mavsumda faoliyatidagi eng yaxshi koʻrsatkichlarni qayd etdi. Bradley Richardson klub safida 73 ta oʻyinda maydonga tushib, 14 gol va 22 ochkoni oʻz hisobiga qayd etib qoʻydi. 

2008-yil 21-iyunda Bradley Richardson „Los Angeles Kings“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. 2008-yil 15-sentyabrda Bradley Richardson 'Los Angeles Kings" xokkey klubi bilan ikki yillik 1,175 million dollarlik shartnoma imzoladi. Bradley Richardson faoliyatidagi ilk xet-trikini 2010-yil 23-oktyabrda „Los Angeles Kings“ xokkey klubi safida o‘zining eski jamoasi „Colorado Avalanche“ xokkey klubiga qarshi o‘yinda (6:4 hisobida „Kings“ g‘alabasi) urishga muvaffaq boʻldi[2].

2011-yilning 12-iyulida Bradley Richardson „Los Angeles Kings“ xokkey klubi bilan 2,35 million dollarlik ikki yillik yangi shartnoma imzoladi. 2011—2012-yilgi mavsumda Bradley Richardson klub safida Stanley kubogini qoʻlga kiritdi. Richardson oʻsha yili favqulodda appendektomiyadan soʻng, mavsumdan keyingi dastlabki ikkita oʻyinni oʻtkazib yubordi[3].

2013-yil 5-iyulda Richardson erkin agent sifatida „Vancouver Canucks“ xokkey klubi bilan yiliga 1,15 million dollarlik ikki yillik shartnoma imzoladi[4].

Richardson oʻz faoliyatida ikkinchi marta erkin agent sifatida 2015-yilning 1-iyulida „Arizona Coyotes“ xokkey klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi[5].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil yanvar oyida Richardsonning sevgilisi, aktrisa Jessica Szohr ularning qizi Bowie Ella Richardsonni dunyoga keltirdi[6][7]. 2022-yil 16-may kuni Bradley Richardson va Jessica Szohr unashtirilishdi[8].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2001—2002 Wellington Dukes OPJHL 1 0 0 0 0
2001—2002 Owen Sound Attack OHL 58 12 21 33 20
2002—2003 Owen Sound Attack OHL 67 27 40 67 54 4 1 1 2 10
2003—2004 Owen Sound Attack OHL 15 7 9 16 4
2004—2005 Owen Sound Attack OHL 68 41 56 97 60 8 6 4 10 8
2005—2006 Colorado Avalanche NHL 41 3 10 13 12 9 1 0 1 6
2005—2006 Lowell Lock Monsters AHL 29 4 13 17 20
2006—2007 Colorado Avalanche NHL 73 14 8 22 28
2006—2007 Albany River Rats AHL 3 0 1 1 2
2007—2008 Colorado Avalanche NHL 22 2 3 5 8
2007—2008 Lake Erie Monsters AHL 38 14 26 40 18
2008—2009 Los Angeles Kings NHL 31 0 5 5 11
2008—2009 Manchester Monarchs AHL 3 1 2 3 0
2009—2010 Los Angeles Kings NHL 81 11 16 27 37 6 1 1 2 2
2010—2011 Los Angeles Kings NHL 68 7 12 19 47 6 2 3 5 2
2011—2012 Los Angeles Kings NHL 59 5 3 8 30 13 1 0 1 4
2012—2013 Los Angeles Kings NHL 16 1 5 6 10 11 0 1 1 0
2013—2014 Vancouver Canucks NHL 73 11 12 23 39
2014—2015 Vancouver Canucks NHL 45 8 13 21 34 5 0 0 0 15
2015—2016 Arizona Coyotes NHL 82 11 20 31 46
2016—2017 Arizona Coyotes NHL 16 5 4 9 15
2017—2018 Arizona Coyotes NHL 76 3 12 15 45
2018—2019 Arizona Coyotes NHL 66 19 8 27 22
2019—2020 Arizona Coyotes NHL 59 6 5 11 20 9 2 1 3 4
2020—2021 Nashville Predators NHL 17 1 3 4 4 2 0 0 0 0
2021—2022 Calgary Flames NHL 27 2 2 4 27
2021—2022 Vancouver Canucks NHL 17 2 2 4 8
NHL jami 869 111 143 254 443 61 7 6 13 33

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Pee-Wee players who have reached NHL or WHA“. Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament (2018). 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 12-fevral.
  2. „Richardson's hat trick helps bail out the Kings“. LA Times (2010-yil 23-oktyabr). Qaraldi: 2011-yil 26-aprel.
  3. Official Game Program of the 2012 Stanley Cup Final. pg. 106.
  4. „Cap crunched Canucks sign Richardson and Weber“. Vancouver Sun (2013-yil 5-iyul). Qaraldi: 2013-yil 5-iyul.
  5. „Coyotes sign Richardson to three-year contract“. Arizona Coyotes (2015-yil 1-iyul). Qaraldi: 2015-yil 1-iyul.
  6. Cardoza, Riley. „Jessica Szohr Gives Birth“. Usweekly.com (2021-yil 13-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 15-aprel.
  7. „'Gossip Girl's Jessica Szohr gives birth to baby girl“. UPI. Qaraldi: 2021-yil 17-fevral.
  8. Beard, Lanford. „Jessica Szohr Is Engaged to NHL Player Brad Richardson: 'I Said Yes!'“. People.com (2022-yil 16-may). Qaraldi: 2022-yil 16-may.