Bradley Evans
Bradley Ray „Brad“ Evans (talaffuzi: Bredli Rey Evans) 1985-yil 20-aprelda Arizona shtatining Feniks shahrida tugʻilgan. Amerikalik futbolchi va himoyachi. U „Seattle Sounders“ jamoasida oʻynashi bilan mashhur. AQSh terma jamoasida oʻynagan.
Bradley Evans | |
---|---|
Umumiy maʼlumotlari | |
Ism sharifi | Bradley Ray
„Brad“ Evans |
Tugʻilgan | 20-aprel 1985-yil(37 yosh) Finiks, Arizona,AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Boʻyi | 185 cm |
Vazni | 77 kg |
Pozitsiyasi | yarim himoyachi |
Hozirgi jamoasi | |
Klub | karyerasini
yakunlagan |
Wikimedia Commonsdagi media fayllar |
Jamoalardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boshlangʻich karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2003-2006-yillarda Irvindagi Kaliforniya universitetida oʻqiyotganda Evans universitet futbol jamoasida oʻynagan. „Irvine Entiters“ uchun toʻrt yil davomida u 75 ta oʻyinda ishtirok etdi va 31 ta gol urdi. Kollejning yozgi mavsumiy mavsumlarida Evans, shuningdek, Orange County Blue Star PDL ligasi jamoasida oʻynagan.
Major League Soccerdagi karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Evans 2007 MLS Super loyihasida „Columbus Crew“ tomonidan tanlangan[1]. U professional debyutini 2007-yilning 7-aprelida „New-York Red Bulls“ga qarshi o‘tkazdi. U professional faoliyatidagi ilk golini 2008-yil 10-may kuni „San Jose Earthquakes“ darvozasiga kiritdi. 2008-yilgi mavsumda Bred „Crew“ jamoasiga „oltin dubl“ yaratishga yordam berdi va MLS kubogini yutib oldi va futbolchi „Muxlislar qalqoni“ni qoʻlga kiritdi.
2018-yil 17-dekabrda Bred Evans futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi[2].
Xalqaro karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2005-yilda Bred AQSH yoshlar terma jamoasi tarkibida Gollandiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi[3][4]. Turnirda u Germaniya va Misrga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi[5][6].
2013-yil 7-iyun kuni Jahon chempionati saralashida Yamaykaga qarshi o‘yinda Evans milliy terma jamoadagi ilk golini urdi[7].
2015-yilda Bred KONKAKAF oltin kubogida ishtirok etdi. Turnirda u Gaiti, Gonduras, Yamayka va Kuba jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[8][9][10][11].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bred akasi va ikki singlisi bilan katta boʻlgan. U Mountain Point oʻrta maktabida oʻqigan va futbol jamoasida oʻynagan. Evans toʻrt yillik oʻyin davomida 54 ta gol urdi. Bred uylangan, u angliyaning „Liverpool“ klubi va Zinedin Zidanga muxlislik qiladi[12].
Jamoalardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turnir | Jamoa | Mamlakat | Mavsum |
---|---|---|---|
MLS Cup | Columbus Crew | Germaniya | 2008 |
Lamar Hunt U.S. Open Cup | Seattle Sounders FC | Germaniya | 2009 |
Lamar Hunt U.S. Open Cup | Seattle Sounders FC | Germaniya | 2010 |
Lamar Hunt U.S. Open Cup | Seattle Sounders FC | Germaniya | 2011 |
Lamar Hunt U.S. Open Cup | Seattle Sounders FC | Germaniya | 2014 |
Supporter’s Shield | Seattle Sounders FC | Germaniya | 2014 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „2007 MLS SuperDraft“ (en). MLSsoccer.com (2007-yil 12-yanvar). 2020-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-dekabr.
- ↑ Alicia Rodriguez. „Versatile MLS veteran Brad Evans announces retirement“ (en). MLSsoccer.com (2018-yil 17-dekabr). 2018-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-dekabr.
- ↑ „FIFA Player Statistics: Brad EVANS“ (en). FIFA.com. 2013-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 6-yanvar.
- ↑ „Sigi Schmid Named New U.S. Under-20 Men's National Team Head Coach“ (en). USsoccer.com (2004-yil 29-oktyabr). 2011-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 6-yanvar.
- ↑ „FIFA World Youth Championship Netherlands 2005: USA - Germany“ (en). FIFA.com (2005-yil 14-iyun). 2013-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 6-yanvar.
- ↑ „FIFA World Youth Championship Netherlands 2005: USA - Egypt“ (en). FIFA.com (2005-yil 18-iyun). 2012-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 6-yanvar.
- ↑ „Ямайка VS. США 1:2“ (en). soccerway.com (2013-yil 7-iyun). 2013-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 11-dekabr.
- ↑ „США VS. Гаити 1:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 11-iyul). 2015-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-iyul.
- ↑ „США VS. Гондурас 2:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 8-iyul). 2015-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-iyul.
- ↑ „США VS. Ямайка 1:2“ (en). soccerway.com (2015-yil 23-iyul). 2015-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-iyul.
- ↑ „США VS. Куба 6:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 18-iyul). 2015-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-iyul.
- ↑ „Brad Evans“ (en). MLSsoccer.com. 2013-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 6-yanvar.