Jumanazar Bozorboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bozorboyev Jumanazardan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Jumanazar Bozorboyev (1933.13.11, Moʻynoq tumani) — faylasuf olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1994), Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1970), falsafa fanlari doktori (1973), professor (1978). Qoraqalpogʻiston davlat pedagogika instituti tabiatshunoslik fakultetini tugatgan (1955). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston filialida ishlagan (1968—80), Qorakalpogiston davlat universiteti professor (1976—80), kafedra mudiri (1980—89). Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri (1989—90). Nukus davlat pedagogika instituti rektori (1991 yildan). "Oʻzbekchaqoraqalpoqcha lugʻat", "Odobnoma" kitoblari, estetika, din tarixiga oid asarlar muallifi. "Qaraqalpaqstan mugʻallimi" jurnal bosh muharriri (1991 yildan). Amir Temur jamgʻarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimining boshligʻi. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mukofoti laureata (1996).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil