Bozor segmenti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bozor segmenti (lot. segmentum — qism) — bozorning sotiladigan tovarlar turi, hududiy joylashuvi, xaridorlarning toifasi va ijtimoiy qatlamlari kabi belgilarga koʻra alohida qismlarga ajralishi. Bozorni segmentlarga ajratishda aholining xarid qobiliyati, yashash sharoiti, yoshi va jinsi, qaysi tovarlarni afzal koʻrishi, kishilarning mehnat faoliyati, turmush tarzi, inflyatsiya darajasi, bozor infratuzilmasi va boshqa belgilar asosiy omil boʻlib xizmat qiladi. Oʻz navbatida bozorda qanday valyutaning yurishi, nimaning yaxshi sotilishi, xaridorlarning odatanʼanalari va feʼlatvorlari, xarid qobiliyatiga muvofiq bozorga tovar yetkazib turiladi. Bozor segmenti orkali tovarlarni kam sarfharajatlar bilan yaxshi narxda sotish imkoni yaratiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil