Boyqoʻngʻirsoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Boyqo‘ng‘irsoydan yoʻnaltirildi)

Boyqoʻngʻirsoy — Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanidagi soy. Sangzor daryosining chap irmogʻi. Turkiston togʻlarining shimoliyyon bagʻridagi 2800 m balandlikdan boshlanib, shimoli-gʻarbga tomon oqadi. Katta Korashaqshaq tangisi <darasi)dan yuqoriroqda Gʻoʻralassoy bilan qoʻshilgandan keyin Sangzor nomini oladi. Uz. 20 km, vodiysi tor (100–200 m), oʻzani 2–5 m. Asosan, yomgʻir va qordan, yilning issiq davrida buloqlardan suv oladi. May oyining oxirlarida suv sarfi 180—200 l/sek. Atrofi respublikaning eng xushmanzara joylaridan biri, bu yerda saurarcha, qoraarcha, togʻolcha oʻsadi; ayiq, quyon va boshqa hayvonlar yashaydi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil