Boyonxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Boyonxon, Bayonxon (taxminan milodiy 6-asr oʻrtasi — 7-asr 1choragi) — turkiy qavmlar tomonidan Yevropada barpo etilgan Avar xoqonligi asoschisi, qahri qattiq, iqgidorli ulugʻ sarkarda. Avarlar Gʻarbiy Kaspiy boʻyi dashtlaridan Turk xoqonligi va sosoniylar tazyiqi ostida 6-asr 50- yillari boshida Sharqiy Yevropaga kelganlar. 6a 50- yillari oxiri — 60- yillari boshida kuturgurlar bilan ittifoq boʻlib antlarga hujum qilib, yurtlarini talontaroj qilishgan. B. rahbarligidagi avarlar harbiy yurishlari bilan 565 yildan boshlab Markaziy Yevropa xalqlariga dahshat sola boshlagan. 567 yil ʼ.langobardlar 6n ittifoq tuzib gepidlarni tormor keltirib ularning Pannoniyadagi yerlarini egallaganlar; shu yerda B. yana bir qancha harbiy yurishlar va yangidanyangi qabilalarni birlashtirganidan soʻng 6-asr 60- yillarida Avar xoqonligiga asos solgan. B. qoʻl ostida koʻplab koʻchmanchi xalqlar — gunnlarttt avlodlari birlashgan. Bu siyosiy birlashma xoqonlik, B. esa xoqon deb atala boshlagan. Xoqonlik hududida turkiy til ustivor boʻlgan. B. Pannoniyani xoqonlik markazi qilib tanlagan. B. qoʻshinlari shu yerdan slavyanlar, franklar, langobardlar, gruzinlar va boshqa qabilalar, shuningdek Vizantiyaga yurishlar qilishgan. 6-asr 70- yillarida B. Vizantiya imperiyasiga muntazam ravishda chopqunlar qilib bir necha janglarda gʻalaba qozongan. Dalmatsiya va Illiriyani talontaroj etgan va Vizantiyani ulkan tovon (tarixchi Feofanning yozishicha, uning miqaori 583 yilga kelib 120 ming solidni tashkil etgan) toʻlashga majbur qilgan. 587 yil Meziya viloyatini, shuningdek Dorostol, Singidun, Markianopol shaharlarini vayron qilgan. B. 592 yil va 598 yil va undan keyingi yillarda Bolqon yarim orolga bir necha bor yurishlar qilgan. 7-asr boshida Chexiya, Moraviya va Bogemiyani olgan, bir qancha janglarda franklarni yengib, ularning qiroli Sefertni asir olgan. Faqatgina ulkan tovon (fidya) tufayligina qirolni ozod etgan. B. Vizantiya imperatori iltimosiga koʻra 60 ming kishilik qoʻshini bilan 581 yil slavyanlar ustiga yurish qilib ularning koʻplab shahar, qishloklarini gʻorat qilib, boy oʻljani qoʻlga kiritgan. Slavyanlardan qalin oʻrmon ichiga qochganlarigina salomat qolgan. B. butun Dakiyani olgan, slavyanlarga askar berish majburiyatini yuklagan. 626 yil Vizantiya turk xoqonligi bilan oʻziga qarshi ittifoq tuzish uchun xufiyona harakat qilayotganidan xabardor boʻlgan B. Konstantinopolni qamal qilgan, biroq qoʻshini tarkibidagi slavyanlar xiyonati tufayli shaharni egallay olmagan. Tarixiy adabiyotlarda B.ni bir necha bor Ammuaa va Chingizxon bilan qiyoslashgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Pletneva S. A., Kochevniki Srednevekovya. Poiski istoricheskix zakonomernostey, M., 1982; Hasan Ato Abushiy, Turkiy qavmlar tarixi. T., 1993.

Faxriddin Hasanov.