Ahmad Boymurodov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Boymurodov Ahmaddan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Boymurodov Ahmad (1943.3.5, Buxoro) – Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi (1999), meʼmor. UstaOchil Bobomurodov bilan birga ishlab, undan qadimgi meʼmoriy obidalarni taʼmirlash sirlarini oʻrgangan. Us t a Shirin Murodov nomidagi Buxoro maxsus ilmiy taʼmirlash ishlab chiqarish korxonasida ustameʼmor. 1980–2000- yillarda B. yetakchi mutaxassis sifatida Abulqosim madrasasi (Toshkent), Ulugʻbek madrasasi (Buxoro), Bahouddin Naqshband majmuasi, Chor Bakr meʼmoriy majmuasi, Buxoro namozgohi, Sayfiddin Bahorziy maqbarasi kabi meʼmoriy obidalarni taʼmirlashga katta hissa qoʻshgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil