Kontent qismiga oʻtish

Abdumoʻmin Boymatov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Boymatov Abdumo`mindan yoʻnaltirildi)
Boymatov Abdumoʻmin

Haqiqiy ismiBoymatov Abdumoʻmin
Tavalludi 1-yanvar 1931-yil (1931-01-01) (95 yosh)
Fargʻona, OʻzSSR
Mashhur suratlari „Qoraqumda“, „Karnay“, „Abu Ali ibn Sino“
Mukofotlari Oʻzbekiston SSR xalq rassomi

Abdumoʻmin Boymatov (1-yanvar 1931-yil, Fargʻona) – haykaltarosh, Oʻzbekiston SSR xalq rassomi (1989). Respublika rassomlik bilim yurtini (1959) va Leningrad (hozirgi SanktPeterburg) rassomlik, haykaltaroshlik va meʼmorlik institutini (1965) tugatgan. Toshkent pedagogika instituti (1966—1985) va Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institutida (1978—1998) dars bergan. Boymatov dastgohli va mahobatli haykaltaroshlikda ijod qiladi, portret ustasi. Ijodiga akademik sanʼatga xos badiiylik, mahorat, shakl pishiqligi va yaxlitligi, ulugʻvorlik ruhi xos. Muhim asarlari: „Qoraqumda“ (gips, 1964), „Karnay“ (bronza, 1964), „Abu Ali ibn Sino“ (yogʻoch, 1967), „Fidoyi“ (yogʻoch-granit, 1972), „Al-Xorazmiy“ (yogʻoch, 1972), „Al-Forobiy“ (gips, 1974), „Shahid ketganlar xotirasiga“ (bronza, 1977), „Baxmal qizi“ (yogʻoch, 1977), „Furqat va Muqimiy“ (bronza, 1983), „Umar Xayyom“ (gips, 1983), „Alisher Navoiy“ (bronza, 1991) va boshqa; „Pop tumani askarlariga“ (qizil tuf, 1970) va „Quva tumani askarlariga“ (granit, bronza, 1987) va boshqa mahobatli yodgorliklar muallifi[1].

  1. Abdumoʻmin Boymatov“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 2-jild (Beshik — Gidrofizika). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2001 — 704-bet. 
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil