Boyazid jaloyir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Boyazid jaloyir (71361) -Chigʻatoy ulusi beklaridan, jaloyir urugʻining begi. Xoʻjand mulki B. J. tasarrufida edi. Amir Qazagʻon oʻldirilgandan (1358) keyingi gʻalayonli yillarda Amir Temur bilan goh raqobatda, goh kelishuvda boʻlgan. 1361-yil bahorida Moʻgʻuliston (Jeta) xoni Tugʻluq Temur tomonidan qatl qilingan. Amir Temurning xotinlaridan biri — Tuman ogʻoning onasi Orzumulk ogʻo B. J.ning qizi edi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil