Boyazid ansoriy ibn Abdulloh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Boyazid ansoriy ibn Abdulloh (11525, Jalanhor sh. (Panjob) — 1572] — Afgʻonistondagi ravshaniya diniy oqimi asoschisi. Oʻzbeklar orasida Bobo Ravshan nomi bilan maʼlum boʻlgan. Uning ota va bobosi mashhur ulamolar edi. Yoshligida savdo-sotiq ishlari bilan shugʻullanib koʻp shaharlarga borgan. Tasavvuf hamda ismoiliylar oqimlari taʼsirida boʻlgan. Fiqh ilmlari asoslarini oʻrgangan. Ulamolar bilan diniy bahslarda ishtirok etgan.

1542-yil "menga ilohiy vahiy tushdi" deb, oʻzini paygʻambar eʼlon qildi va "yangi gʻoyalari"ni targʻib qilishga kirishdi. Tenglik va adolatli jamiyat qurish fikrini ilgari surgan.

B. A.ning tarafdorlari unga Piri Ravshan laqabini berganlar. B. A. bir necha asarlar ("Madad qiluvchi pirning ahvoli", "Moʻminlarning maqsadlari") yozgan. Asarlari pushtu, fors va arab tillarida. B. A. pushtu tili uchun oʻz alifbosini taklif etgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil