Bavurchi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bovurchidan yoʻnaltirildi)

Bavurchi, bovurchi — oʻrta asrlarda turkiy xalqlar saroy mansablaridan biri. 14-asrdan boshlab turkiy manbalarda qayd etila boshlagan. Oshpaz, bakovul maʼnosida ham qoʻllanilgan. Hukmdor oshxonasida xizmat qilgan Bavurchining bakovuldan bir pogʻona past mansab hisoblanganligini Boburning soʻzlaridan bilish mumkin: "Bavurchiliq martabasidin bakavulluq martabasiga yetkurub erdim" ("Boburnoma", 210). Bavurchi istilohi fors tilida ham qoʻllangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Bavurchi" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil