Botriomikoma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Botriomikoma (yun. botrys shingil, mykes — zamburugʻ, oma — oʻsma), piogen granulyoma — teri yoki shilliq qavatdan shingilga oʻxshab osilib turadigan oʻsmtasimon tuzilma; xavfsiz oʻsmta, yumshoq, tez qonaydi, qizgʻishjigarrang. Terining shikastlanishi, tirnalishi, unga biror narsa yoki yiring paydo qiluvchi mikroblar tushishi sabab boʻladi. Koʻproq qoʻl barmoqlarida, yuz sohasida uchraydi. Jarrohlik yoʻli bilan davolanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil