Botqoq moshagi
Qiyofa
| Botqaldoqlar | ||
|---|---|---|
| Biologik klassifikatsiya | ||
| ||
Botqoq moshagi (Limicola falcinellus) — baliqchilar turkumining chuldoqlar oilasiga mansub qush. Boʻyi 9,5—11 sm, ogʻirligi 50 g cha, boshining ustida toʻq qoʻngʻir va ikkita oq yoʻli bor. Tanasining orqasidagi patlari qoramtir, chetlari toʻq malla, koʻkrak va qorin tomoni oq. Botqoq moshagi tundra va oʻrmontundrada yashaydi. Norvegiya, Shvesiya, Finlandiya va Osiyoning shim. qismida uya solib, bola ochadi. Qishlash uchun Oʻrta dengiz, Janubiy Osiyo va Avstraliyaga uchib ketadi. Oʻzbekistonda Botqoq moshagi ni bahor va kuzda koʻl, daryo qirgʻoqlarida, suvga yaqin va botqoq yerlarda uchratish mumkin. Botqoq moshagi mayda mollyuskalar, suvda va suv yaqinida yashaydigan hasharotlar va ularning kurtlari bilan oziqlanadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Botqoq moshagi“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. (B-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |