Kontent qismiga oʻtish

Botir Qudratxoʻjayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Botir va familiyasi Qudratxoʻjayev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Botir Bahromovich Qudratxoʻjayev
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri
Mansab davri
2025-yil 25-fevraldan – 2026-yil 28-yanvargacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Abdulla Qoʻldoshev
Vorisi Azizbek Ikromov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 12-noyabr 1975-yil (1975-11-12) (50 yosh)
Toshkent
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Xizmat yillari 1997-yildan
Unvoni General-mayor[1]

Botir Bahromovich Qudratxoʻjayev (Ботир Баҳромович Қудратхўжаев) – oʻzbekistonlik yurist va davlat arbobi.

1997-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tugatgan[2].

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1997-yilda Oʻzbekiston harbiy prokuraturasining kadrlar boʻlimida ish yurituvchi sifatida faoliyatini boshlagan[3]. Keyinchalik Fargʻona viloyati harbiy prokuraturasida tergovchi-kriminalist, Toshkent harbiy okrugi harbiy prokuraturasida katta tergovchi, keyinchalik Toshkent viloyati harbiy prokurori lavozimlarida xizmat qilgan. 2010—2012-yillarda Sharqiy harbiy okrug harbiy prokurori, 2012—2014-yillarda esa Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining birinchi oʻrinbosari vazifalarida ishlagan.

2014—2016-yillarda Surxondaryo viloyati prokurori, 2016—2017-yillarda Toshkent shahrining prokurori, 2017—2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi yangi tashkil etilgan majburiy ijro byurosi direktori boʻlgan. 2020-yildan 2022-yilgacha Xorazm viloyati prokurori boʻlgan[4]. 2022-yil 2-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari – Oʻzbekiston harbiy prokurori etib tayinlangan[5][6][7].

2025-yil 25-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tayinlandi[8] va shu munosabat bilan unga prezident farmoni bilan general-mayor harbiy unvoni berildi[1].

2026-yil 28-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari — tezkor qidiruv xizmati boshligʻi etib tayinlandi[9].