Boshqorongʻilik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Boshqorongʻilik — boʻyida boʻlgan (homilador) ayol organizmida roʻy beradigan oʻzgarishlar ifodasi; ishtaha yoʻqolishi yoki zoʻrayishi, shuningdek nordon, achchiq, shoʻr narsalarni qoʻmsash, gilvata, shama va odatdan tash qari boshqa narsalarni koʻngil tusashi; oʻqtinoʻqtin koʻngil aynishi, qusish, soʻlak oqishi; piyozdogʻ, atir, tamaki va h.k. hidini yoqtirmaslik, ran koʻtara olmaslik, jizzakilik, salga toliqish, bosh aylanishi, uyquchanlik, kayfiyatning oʻzgarib turishi. Bunday hollarda ayol (ayniqsa, qusayotgan) akusherginekolog vrachdan tegishli maslahat olishi kerak (qarang Homiladorlik).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Boshqorongʻilik" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil