Boshqirdcha Vikipediya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Favicon of Wikipedia Boshqirdcha Vikipediya
Башҡорт Википедияһы
Wikipedia-logo-v2-ba.svg
Web-manzil ba.wikipedia.org
Interwiki Bosh sahifa
Asosiy boʻlim jami 285 tilda
Asos solingan sana 16-aprel 2005
Maqolalar soni 47 969
Egasi Wikimedia
Litsenziya erkin
Reklama yoʻq

Boshqirdcha Vikipediya (boshqirdcha. Башҡорт Википедияһы) — Vikipediyaning boshqird tilidagi boʻlimi.

2002-yili 2-iyunda tashkil etilgan, ammo ilk maqolasi 2005-yili 16-aprelda yozilgan. Bir yildan soʻng 100-maqola yozildi. Shundan buyon Boshqirdcha Vikipediya yaxshi rivojlanmoqda.

1000-maqola 2010-yili 7-dekabrda yozildi. Shunga binoan „Shunqor“ jurnalida Vikipediyaga bog'liq maqola nashr etildi[1].

Statistikasi[tahrir]

  • 2008-yil 28-yanvar — 250 maqola
  • 2009-yil 2-dekabr — 500 maqola
  • 2010-yil 7-dekabr — 1 000 maqola
  • 2011-yil 31-avgust — 2 000 maqola
  • 2011-yil 1-sentyabr — 3 000 maqola
  • 2011-yil 10-sentyabr — 5 000 maqola
  • 2012-yil 20-yanvar — 10 000 va 15 000 maqola[2]
  • 2012-yil 31-oktyabr — 20 000 maqola
  • 2012-yil 20-dekabr — 25 000 maqola
  • 2013-yil 12-fevral — 30 000 maqola

2012-yili 1-yanvarda maqolalar soni 6102 ga etdi, 19 va 21-yanvar oralig'ida botlarning yordamida 9300 maqola qo'shildi. 20-yanvarda Boshqirdcha Vikipediyaning maqolalar soni 10000 dan 15000-ga etadi.[2].

Hozirgi ahvoli[tahrir]

2019-yil May 23 oyi boʻyicha Boshqirdcha Vikipediyada 47 969 maqolalar mavjud. 24 641 foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgan, ularning 92 nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan, 8 foydalanuvchi esa administrator maqomiga ega. Jami tahrirlar soni — 880 813. Teranligi (bugun): 22

Manbalar[tahrir]

  1. Shuningdek qarang anons 11 raqam jurnal.
  2. 2,0 2,1 Wikimedia News — Meta

Havolalar[tahrir]