Borsakelmas qoʻriqxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

BORSAKELMAS QOʻRIQXONASI — Orol dengizining Borsakelmas o.dagi qoʻriqxona. Qozogʻiston Respublikasi Qiziloʻrda viloyatida. 1939 yilda tashkil etilgan. Maydoni 20 ming ga. Saksovulzorlar va yulgʻunzorlar bor. Orolda saygʻoq, jayran kadimdan yashab kelgan, lekin koʻplab ovlanishi natijasida qirilib ketgan. 1939—50 yillarda Borsakelmas qoʻriqxonasi ga Betpakdala va Sarisuv atroflaridan erkak va urgʻochi saygʻoqlar, 1950 yilda Qoraqalpogʻistondan jayranlar, 1953 yilda Bodxiz qoʻriqxonasi (Turkmaniston) dan qulonlar keltirilgan. Hayvonlar orol sharoitiga moslashib, koʻpayib bormoqda. Borsakelmas qoʻriqxonasi tashkil etilgandan boshlab, saygʻoq, jayran, qulon, qirgʻovul va b.ning ekologik sharoitlarini oʻrganish va ularni koʻpaytirish sohasida tadqiqotlar olib boriladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil