Boris Mixaylovich Beglov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Beglov Boris Mixaylovich
Tavalludi 8-iyul 1938-yil
Tula viloyati, Novomoskovsk
Sohasi kimyo
Institutlar Umumiy va noorganik kimyo instituti
Alma mater Mendeleyev nomidagi Moskva kimyo-texnologiyalari instituti
Mashhur ishlari tiokarbamid olish usuli[1]

Beglov Boris Mixaylovich (1938-yil 8-iyul, Novomoskovsk) — kimyogar olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000), texnika fanlari doktori (1975), professor (1983). [2]

Hayoti[tahrir]

Bolalik va yoshligi[tahrir]

Beglov Boris Mixaylovich Tula viloyatining shahrida xizmatchi oilasida tavallud topgan. 1941 - yilning oktabrida Novomoskovsk shahrini nemis askarlari bosib olgani sababli Beglov oilasi Toshkent viloyatining Chirchiq shahriga evakuatsiya qilindi.

1955 - yilda Chirchiq sharining 8 - o'rta maktabini kumush medali bilan bitirdi.

1960 - yilda muhandis-texnolog malakasini oldi.

Ish faoliyati[tahrir]

1963 - yilda O'zSSR Fanlar akademiyasining kimyo institutida ilmiy xodim bo'lib ishladi.

1970 - 1972 - yillarda Chirchiq tajribiy-ishlab chiqarish laboratoriyasining bosh mudiri lavozimida ishladi.

1982 - yilgacha institutning fan bo'yicha direktor o'rinbosari, so'ngra 1989 - yilgacha institut direktori bo'lib faoliyat yuritdi.

Hozirgi kunda O'zR Fanlar akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo institutining fosforli o'g'itlar laboratoriyasining bosh ilmiy xodimi bo'lib ishlab kelmoqda. Shu bilan birga, O'zR Fanlar akademiyasining O'zbek kimyo jurnalining bosh muharriri o'rinbosari, "Kimyo texnologiyasi. Boshqaruv va nazorat." jurnalining tahririyat kengashi a'zosi bo'lib ish faoliyatini yuritmoqda.[2]

Ilmiy faoliyati[tahrir]

1964 - yilda 26 yoshlik Boris Beglov texnika fanlari nomzodligi ilmiy unvoni uchun Mendeleyev nomidagi Moskva kimyo-texnologiyalari institutida dissertatsiya yoqladi.

Oradan 11 yil o'tib 1975 - yilda doktorlik dissertatsiyasini yoqladi.

1987 - yilda O'zR Fanlar akademiyasining "Noorganik moddalar kimyo texnologiyasi" mutaxassisligi bo'yicha a'zosi deb tanlandi.

2000 - yilda shu mutaxassislik bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi bo'lib tanlandi.

Beglov Boris Mixaylovich ilmiy faoliyati mobaynida 6 monografiya va 116 mualliflik sertifikati va patentlar qabul qilingan.[3]

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar[tahrir]



  1. http://www.findpatent.ru/patent/181/1810339.html - patentlar bazasi
  2. 2,0 2,1 http://uz.ionx.uz/ - Umumiy va noorganik instituti rasmiy sayti
  3. http://www.findpatent.ru/patent/181/1810339.html - patentlar bazasi