Boris Lyatoshinskiy
| Boris Lyatoshinskiy | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
3-yanvar 1895-yil |
| Vafoti |
15-aprel 1968-yil (73 yoshda) Kiyev, Ukraina SSR, SSSR |
| Fuqaroligi |
|
| Kasbi | bastakor, dirijyor, musiqa oʻqituvchisi |
| Faoliyat yillari | 1920—1968 |
| Otasi | Nikolay Liatoshynsky |
| Mukofotlari |
|
| Imzosi | |
|
| |
Boris Nikolayevich Lyatoshinskiy (ukraincha: Борис Миколайович Лятошинський; 3-yanvar 1895-yil, Jitomir, Rossiya imperiyasi – 1968-yil 15-aprel, Kiyev, Ukraina SSR, SSSR) – ukrainalik sovet bastakori, dirijyor va oʻqituvchi, Ukraina musiqasida modernistik yoʻnalishning asoschilaridan biri boʻlgan[1][2]. Ukraina SSR xalq artisti (1968). Ikki marta Stalin mukofoti sovrindori boʻlgan (1946, 1952).
Lyatoshinskiyning taniqli talabalari orasida Yan Frenkel ham bor.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lyatoshinskiy 1985-yil 3-yanvarda Jitomirda ziyolilar oilasida tugʻilgan. Otasi Nikolay Leontyevich Lyatoshinskiy (1861—1920) oʻqituvchi boʻlgan boʻlib, oʻqituvchilik faoliyati bilan bir qatorda tarix fani sohasida ham ilmiy ish bilan shugʻullangan. Otasi Jitomir, Nemirov va Zlatopildagi gimnaziyalarning direktori boʻlib ham ishlagan. Onasi Olga Borisovna fortepianoni mahorat yaxshi chalgan va xonanda boʻlgan.
1918-yilda avliyo Vladimir nomidagi Kiyev universitetining huquqshunoslik fakultetini, 1919-yilda esa Kiyev konservatoriyasini R. M. Glierning kompozitsiya sinfida tugatgan. 1920-yildan boshlab Kiyev konservatoriyasida oʻqituvchilik qilgan, 1935-yildan professor unvoniga erishgan[3] (1935—1938 va 1941—1944-yillarda P. I. Chaykovskiy nomidagi Moskva davlat konservatoriyasida professor sifatida faoliyat yuritgan). 1944—1949-yillarda P. I. Chaykovskiy nomidagi Kiyev davlat konservatoriyasining musiqa nazariyasi kafedrasiga rahbarlik qilgan.
1926—1929-yillarda faoliyat koʻrsatgan Zamonaviy musiqa uyushmasi rahbari, Ukraina bastakorlar uyushmasi tashkiliy byurosi aʼzosi (1932—1939), SSSR Bastakorlar uyushmasi tashkiliy qoʻmitasi aʼzosi (1939—1948) boʻlgan. 1939—1941-yillarda Ukraina SSR Bastakorlar uyushmasi rahbari, keyinchalik esa boshqaruv aʼzosi lavozimlarida ishlagan. Ulugʻ Vatan urushi boshlanishi bilan Moskva konservatoriyasi joylashgan Saratov shahriga koʻchirilgan va u yerda oʻqituvchilik faoliyatini davom ettirgan. Oʻsha paytda Saratovda Ukraina partizan harakatiga moʻljallangan „Taras Shevchenko“ radiostansiyasi tashkil etilgan. Lyatoshinskiy rafiqasi Margarita Sarevich bilan birgalikda ushbu radiostansiya eshittirishlarida muntazam ishtirok etgan. Boris Nikolayevichning urush yillaridagi bastakorlik ijodi juda samarali boʻlgan.
Lyatoshinskiy uch yil davomida „Ukraina kvinteti“, 4-sonli torli kvartet, torli kvartet uchun ukrain xalq kuylariga asoslangan syuita, yogʻoch puflama cholgʻular kvarteti uchun syuita, 2-sonli trio, fortepiano uchun syuita va prelyudiyalar, Maksim Rilskiy va Volodimir Sosyura sheʼrlariga romanslar yaratdi, shuningdek, saksondan ortiq ukrain xalq qoʻshiqlarini qayta ishladi.
1944-yilning yozida Lyatoshinskiy Ukrainaga qaytib keldi va darhol Kiyevning musiqiy hayotiga qoʻshilgan. 1944-yildan oʻlimiga qadar Rolit yozuvchilar uyida yashagan, u yerda bastakorga yodgorlik taxtasi oʻrnatilgan. Lyatoshinskiy Ukraina filarmoniyasining badiiy rahbari etib tayinlangan, Radio qoʻmitasida musiqa maslahatchisi boʻlib ishlagan, Kiyev konservatoriyasida dars bergan.
Mashhur talabalari L. A. Grabovskiy, G. M. Kalinkovich, A. M. Kanershtein, I. F. Karabits, B. V. Levik, V. P. Osadchiy, Y. F. Stankovich, G. P. Taranov, Y. A. Frenkel, I. N. Shamo.
1940-1950-yillarning oxiri Lyatoshinskiyning ijodiy faoliyatida navbatdagi samarali bosqich boʻlgan. Bu davrda bir qator xor va orkestr asarlari, romanslar, kinofilmlar uchun musiqalar yozgan. Eng muhim ijod namunalari qatorida 3-simfoniya, „Grajina“ simfonik balladasi, "Poemu vossoedineniya, " „Na beregax Visli“ poemasiga yozilgan fortepiano konsertini sanab oʻtish mumkin. Urushdan keyingi yillarda Lyatoshinskiyning Taras Shevchenko va Aleksandr Pushkin sheʼrlariga yozilgan xorlari Ukraina xor merosiga katta hissa qoʻshdi.
Ukraina musiqasiga qoʻshgan ulkan hissasiga qaramay, Lyatoshinskiy Sovet Ittifoqining formalizmga qarshi kampaniyasi paytida hokimiyat tomonidan tanqid qilingan.
Lyatoshinskiy 1968-yil 15-aprelda vafot etgan. Kiyevdagi Baykove qabristoniga dafn qilingan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ikkinchi darajali Stalin mukofoti (1946) – Ukraina kvinteti uchun
- Birinchi darajali Stalin mukofoti (1952) — " Taras Shevchenko " filmi musiqasi uchun (1951)
- T. G. Shevchenko nomidagi Ukraina SSR Davlat mukofoti (1971 – umrbod) – „Zolotoy obruch“ operasi uchun (1930)
- Ukraina SSR xalq artisti (1968)
- Ukraina SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1945)
- Lenin ordeni (24.11.1960)
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni
- ikkita Hurmat belgisi ordeni (17.04.1938 – Kiyev davlat konservatoriyasining 25 yilligi munosabati bilan va Sovet Ukrainasi musiqa kadrlarini tayyorlash sohasidagi yuksak xizmatlari uchun[4] va 30.06.1951[5])
- uchta boshqa orden va medallar bilan mukofotlangan.
Xotira
[tahrir | manbasini tahrirlash]- B. N. Lyatoshinskiy nomi Jitomirdagi 1-sonli musiqa maktabiga berilgan, unda 2013-yil may oyida uning muzeyi ochilgan.
- 1981-yilda B.Lyatoshinskiy nomi Kiyev kamer xoriga berildi, xor 1992-yil may oyida yangi tashkil etilgan kamer orkestri bilan birlashdi; natijada Boris Lyatoshinskiy nomidagi klassik musiqa ansambli tashkil etildi.
- 1968-yil sentyabr oyida Xarkov musiqa bilim yurtiga B.Lyatoshinskiy nomi berildi.
- 1978-yildan beri Boris Lyatoshinskiy nomi Kiyevning Goloseyev tumanidagi koʻchaga berilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „B. N. Lyatoshinsky, Ukrain [sic Composer“]. Central New Jersey Home News. Associated Press (1968-yil 16-aprel). 2022-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-may.
- ↑ „Ukrainian Composer Passes at 76“. The Sault Star. Reuters (1968-yil 16-aprel). 2022-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-may.
- ↑ Wytwycky, Wasyl „Liatoshynsky, Borys“. Internet Encyclopaedia of Ukraine. Canadian Institute of Ukrainian Studies. Qaraldi: 2022-yil 2-may.
- ↑ „сентября 1932 г. 64 страница“. 2022-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-fevral.
- ↑ „Архивированная копия“. 2022-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-fevral.
- 3-yanvarda tugʻilganlar
- 1895-yilda tugʻilganlar
- 15-aprelda vafot etganlar
- 1968-yilda vafot etganlar
- Lenin ordeni sohiblari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari
- „1941-1945 yillar Ulugʻ Vatan Urushida jasorat bilan qilgan xizmatlari uchun“ medali bilan taqdirlanganlar
- Opera bastakorlari
- Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar
- Alifbo boʻyicha musiqachilar
- Kiyevda vafot etganlar
- 1894-yilda tugʻilganlar
- 22-dekabrda tugʻilganlar