Boris Kolker

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Boris Kolker

Boris Grigoryevich Kolker (15 iyul 1939 yilda, Moldaviya SSR,Tiraspol shahrida tug’ilgan) Tillar o’qituvchisi, tarjimon, Esperanto darsligi muallifi. Rus, Sovet fuqarosi, 1993 yildan AQSh fuqarosi, Ogayo shtatinig Klivlend shahrida istiqomat qiladi.

Boris Kolker Esperanto tilini 1957 yilda o’rgangan. Tilshinoslik doktori. Ilmiy ishini disertatsiyasini esperantologiya iboralari bo’yicha himoya qilgan. 3ta Esperanto tili darsliklari, tilshinoslik bo’yicha maqolalar va taqrizlar muallifi. U “Esperanto mamlakatiga sayohat” nomli ham mukammal darslik, ham Esperanto madaniyatiga yo’llanma kitobi orqali Esperanto olamining vazxoni sifatida ko’pchilikka tanilgan.

U Esperanto Akademiyasi a’zosi, UEA (Xalqaro Esperanto Asotsiatsiyasi) ning faxriy a’zosi, “Monato” jurnalinng hammuharriri, 20 yil davomida Rossiyada xat yozish orqali tilni o’rgatish kursini olib borgan va u orqali 900 kishiga diplom bergan, ularning bir nechasi O’zbekistondandir. Esperanto tilini AQShning San Fransisko va Hatford universitetlarida o’rgatgan. Hozirgi kunda internet orqali Xalqaro chuqurlashtirilgan yozuv kursini boshqarmoqda. Turli davrlarda sobiq Sovet Ittifoqi va Rossiyada turli Esperanto tashkilotlarining asoschisi va rahbari bo’lgan.

Ikkinchi jahon urushi davrida Boris Kolker O’zbekistonning Qarshi shahrida yashagan. Sovet Esperantist Yoshlarining O’zbekistonda 1981 yildagi uchrashuvida ishtirok etgan, 1982 va 1984 yillaridagi Samarqandda bo’lib o’tgan Esperantochilarning ilmiy seminarlarida ishtirok etgan.

Disertatsiyasi (kandidatlik ilmiy ishi)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Darsliklari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lug'at[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]