Borgoh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Borgoh (fors. — podshoh chodiri) — maxsus ijozat bilan kiriladigan joy; podshoh, sulton yoki xonning qabulxonasi. B. ga maxsus imtiyozli kishilar (mas, tarxon, otaliq va boshqalar) dan boʻlak barcha mansabdorlar eshik ogʻaboshi orqali hukmdordan ijozat olgachgina kira olgan. Harbiy yurish, shikor va safar chogʻida hukmdor chodirining saroparda bilan ajratilgan qismi B. vazifasini oʻtagan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil